Markaziy bankning 2022-yil 17-avgust holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 10970 (+32,87) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 15-avgustda belgilangan 10 911 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 60 so‘mga qimmatladi.

17-avgust kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 025 so‘mni tashkil etmoqda.
Sotib olish narxi esa 10 960 so‘mdan 11 000 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Asia Alliance Bank”, “Garant Bank”, “Xalq banki”, “Ipoteka-Bank”, “Mikrokreditbank” taklif qilmoqda.

Sotish kurshini esa “Ipoteka-bank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank” “Kapitalbank”, “Davr-bank” taklif qilmoqda.