Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlikning rivojlanish darajasini baholadi.

Pandemiyaga qaramay, tadbirkorlik faoliyati o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, agar 2016-yilda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 268 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda 529 mingtaga yetdi (o‘sish 2 baravar).

2016-yilda qariyb 33 mingta yangi korxonalar tashkil etilgan, 2021-yilda ularning soni 103 mingtadan oshdi (o‘sish 3,1 baravar).

So‘nggi 5 yil ichida tadbirkorlar soni uch baravar ko‘paydi va hozirda 1,5 mln kishini tashkil etadi, xususiy sektor korxonalarida esa 5 mlnga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

2021-yil yakunlari bo‘yicha kichik biznesda jami 121 746 ta erkaklar, 6 359 ta ayollar rahbarlik qilayotgani ma’lum qilindi.

Shu jumladan, 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 56 896 ta oilaviy korxona faoliyat yuritadi.

Unga ko‘ra, hududlar kesimida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi — 10 076.

Eng yuqori beshtalikda Farg‘ona viloyati (6 194), Surxondaryo viloyati (5 632), Xorazm viloyati (5 207), Qashqadaryo viloyati (5 087) mavjud.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilgani, va u bilan 100 ta tadbirkor taqdirlangani haqida yozgandi.