Ural va O‘zbekistonning neft-gaz, yengil va oziq-ovqat sanoatidagi hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “TACC"ga O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov ma’lum qildi.

“Ural tadbirkorlarning O‘zbekiston bilan neft-gaz, yengil va oziq-ovqat sanoatidagi o‘zaro hamkorligi jadal sur’atlarda oshib bormoqda, bu esa mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga yanada ortadi”, — dedi u.

Xatamov qo‘shimcha qilishicha, bunda tadbirkorlarning takliflariga binoan talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

U, shuningdek, Rossiya O‘zbekistonning asosiy sarmoyaviy va savdo sherigi bo‘lib qolayotganini qayd etdi. O‘tgan yili mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $7,5 mlrdni tashkil etgan.

Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40%ga oshdi. Shu bilan birga, geosiyosiy jarayonlar bilan bog’liq cheklovlar sharoitida Ural federal okrugi bilan savdo hajmi o‘sib bormoqda.

Hozirda Oʻzbekiston Ural viloyatiga eksport qilishda asosiy oʻrinlarda toʻqimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beradi.

Savdo aylanmasini oshirish uchun O‘zbekiston va Ural federal okrugi o‘rtasida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

“Ushbu loyihalardan biri amaldagi soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi boʻlib, bu Ural bozoriga sabzavot va mevalarni tez va to‘siqsiz chiqarishni tashkil etish imkonini beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Xatamov.

Avvalroq O‘zbekiston Ural federal okrugi va butun Rossiya bo‘ylab sayohatchilar uchun Istanbul o‘rnini bosuvchi yangi tranzit markaziga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.