“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish kiritildi.

Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Xususan, bolalarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib belgilangan.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

  • Hozirda O‘zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq pensiya jamg‘armasi tizimida qariyb 6 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlangandi. Bunga ma’lumotlarni xato shakllantirish, nafaqalarni noto‘g‘ri tayinlash natijasida yo‘l qo‘yilgan.