Toshkentda “O‘zbekistonda biznes barqarorligi rivojini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida forum o‘tkaziladi.

Unda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Global Shartnomasi, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Silverleafe” va “Artel Electronics” kabi kompaniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Forumning o‘tkazilish sanasi va manzil — 27-sentabr, soat 13:00, “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi.

O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va Yevropada barqaror rivojlanish amaliyoti bo‘yicha interaktiv munozaralar va muloqotlar o‘tkazilishi belgilangan.

Kunning ikkinchi yarmi barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishda biznes va xususiy sektorning ahamiyatiga qaratiladi.

Unda qatnashish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Franchising Expo Uzbekistan” franshiza ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.