Alibabada O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan $67 mlnlik mahsulot eksport qilindi

Yil oxirigacha eksportga yo‘naltirilgan tovar pozitsiyalari soni 300 taga yetkaziladi.


O‘zbekistonda 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi

“Spot” oktabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.


AQSh o‘zbek paxtasini majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi

Bu O‘zbekistonning paxta mahsulotlarini AQShga eksport qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish uchun imkoniyat yaratadi.


O‘zbekiston avgust oyida oltin sotib oluvchilar top-3 ligiga kirdi

Mamlakat zaxiralarini 9 tonnaga oshirish bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.


Xorijda ta’lim: Polsha universiteti talabasi Asilbek Qandaxarov qanday qilib o‘qishga kirgani, viza olish jarayoni va yashash xarajatlari haqida

“Spot” xorijda tahsil olayotganlar haqidagi maqolalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Har bir materialda u yoki bu talaba tahsil olayotgan shahardagi qiyinchiliklar va imkoniyatlar hamda foydali maslahatlarni berib boramiz.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. YeTTB O‘zbekiston agrobiznes rivojiga 14 mln yevro kredit ajratadi. Bank mamlakatdagi yashil innovatsiyalarni “UzCarlsberg” kompaniyasi xarajatlarini qoplash hisobiga qo‘llab-quvvatlash istagida.
  2. Tatil.uz asoschisi Alisher Mirahmedov tavsiya etgan 5 ta kitob. Sayyohlik agentligi asoschisi insonlarga kundalik hayotda va dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradigan kitoblarni “Spot” bilan o‘rtoqlashdi.
  3. Oʻzbekiston OTMlari reytingi e’lon qilindi. Shuningdek, oliygohlar ilmiy salohiyat koʻrsatkichi boʻyicha ham baholandi.
  4. Joriy yilda tadbirkorlarga 16,1 trln so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Asosan qishloq xo‘jaligi sohasi moliyalashtirilgan.
  5. O‘zbekistondagi faol banklar reytingi e’lon qilindi. Yirik banklar faoliyatida “Kapitalbank”, kichik banklarnikida esa “Davrbank” yetakchilik qilgan.
  6. Ilon Mask ilk marta “Forbes USA” reytingida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Bunga qadar birinchilikni to‘rt yil davomida “Amazon asoschisi Jeff Bezos egallab kelayotgandi.
  7. O‘zbekistonda chiqindilar utilizatsiyasidan qancha bioyonilg‘i ishlab chiqarish mumkin. Ekspert fikri. Chiqindilar utilizatsiyasi ekologiyaga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytiradi va energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.
  8. Prezident transport sohasini raqamlashtirish boʻyicha vazifalar berdi. Transport sohasida islohotlarni jadallashtirish masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
  9. “IT-sohasida ishlayman deb hech o‘ylamagandim” — AQShdagi “Centene” korporatsiyasi dasturchisi Boburjon Rahmonov hikoyasi. Dasturchi AQShdagi qiyinchiliklar va imkoniyatlar, O‘zbekiston IT-sohasida qanday o‘zgarishlar qilinishi kerakligi bilan bo‘lishdi.
  10. Toshkentda “Data va Analytics Engineering” bo‘yicha bepul dasturga arizalar qabul qilinmoqda. Unda 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish mumkin.