Hukumat qarori bilan mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etiladi.

Unga ko‘ra, mazkur markazlar har bir mahallalarda tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada

Ularda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga har bir ishsiz xotin-qiz uchun 3 mln so‘mgacha davlat granti ajratiladi.

Davlat granti quyidagi ayollar uchun ajratiladi:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga, shuningdek “Ayollar daftari"ga kiritilgan;
  • ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
  • xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
  • nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
  • norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;
  • odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
  • umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan;
  • OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;
  • muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.

Davlat granti xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun beriladi.


Avvalroq Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishga ko‘maklashishi haqida xabar berilgandi.