Sudyalar oliy kengashi tomonidan “Tadbirkorlar huquqi sud himoyasida” qo‘llanmasi nashr etildi. Bu haqda kengashning matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda, mazkur qo‘llanma tadbirkorlarning haq-huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami emasligi ta’kidlanadi.
Unda asosiy e’tibor haq-huquqlardan qanday foydalanish va ularning tartiblariga qaratilgan.
Qo‘llanmada sudlarga da’vo arizasi yoki ariza bilan murojaat qilish, turli iltimosnomalar kiritish haqida ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, nizolarni hal etishda ishtirok etish hamda sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari unda, mamlakatdagi barcha iqtisodiy sud manzillari ham keltirilgan.
Qo’llanmaning elektron variantini bu yerdan yuklab olish mumkin.
Avvalroq O‘zbekistonning investitsiyalar bo‘yicha qo‘llanmasi chop etilgandi.
U iqtisodiy o‘sish va barqarorlik, ochiq iqtisodiyotni yaratish va boshqa mavzulardagi ma’lumotlarni uchta tilda taqdim etadi.