Iqtisodiyotdan davlat boshqaruvini chetlatish zarur — Zafar Hoshimov
“Korzinka” supermarketlari tarmog‘i asoschisi mamlakatning o‘sish sur’atini ushlab turish uchun qanday o‘zgarishlarni boshlash kerakligi bilan bo‘lishdi.
Oʻzbekiston banklaridagi avtokreditlar boʻyicha ma’lumot. 2022-yil noyabr oyi bo‘yicha
Mavjud 31 ta bankdan 22 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Iyun oyida berilgan sharhga nisbatan foiz stavkalari o‘rtacha 2%ga pasaygan.
Sayyorashunoslik bo‘yicha AQShning yozgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda faqat bakalavr talabalari ishtirok etishi mumkin bo‘lib, barcha xarajatlarni qoplash uchun $7300 miqdorida stipendiya ajratiladi.
O‘zbekistonda haydovchining xulq-atvorini kuzatuvchi texnologiyani yo‘lga qo‘yamiz — “Yandex Go"ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori
Kirill Svinsov “Spot” bilan suhbatda haydovchilarning pullarni naqdlashtirish jarayoni, yangi texnologiya va call-operatorlarning faoliyati haqida gapirdi.
IT bo‘yicha 5 ta kitob: Java
Ushbu to‘plam Java dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- “Uzbekistan Airways” keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma e’lon qildi. U joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun amal qiladi.
- IT-sertifikatlar uchun sarflangan mablag‘ning 50%gacha qismini qanday qaytarib olish mumkin. Kompensatsiyalar xalqaro tan olingan va talab yuqori bo‘lgan 161 ta IT-sertifikatlari uchun beriladi.
- “UniSat” dasturining ikkinchi oqimiga arizalar qabuli boshlandi. Unda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etishi mumkin. To‘rt oylik dasturda kosmik texnologiyalar, radioelektronika, dasturlash kabi sohalar bo‘yicha bepul darslar o‘tiladi.
- $1 mln investitsiya kiritgan xorijiy shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi muhkamaga qo‘yildi.
- O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilish so‘radi — “Financial Times”. Cheklovlar va tadbirkor aktivlarining muzlatilishi uning mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishiga to‘sqinlik qilishi ta’kidlangan.
- Rossiyaning “IThub” akademiyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya bundan tashqari ta’lim kontentini o‘zbek tiliga tarjima qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
- “Apple"ning bozor qiymati $2 trlndan oshdi. “Bloomberg” nashrining ta’kidlashicha bu fond bozori tarixidagi Amerika kompaniyasi kapitallashuvining eng sezilarli o‘sishi bolgan.
- O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ma’lum qildi.
- Ilon Mask “Twitter” xodimlariga masofaviy ishlashni taqiqladi. Mazkur taqiqdan keyin xodimlar endi haftasiga kamida 40 soat vaqtini ofisda o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.
- O‘zbekiston oltin zaxirasi bilan rivojlanayotgan iqtisodlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichda — “Bloomberg”. Mamlakat $32 mlrd.lik zahiradagi qimmatbaho metal ulushini qariyb uchdan ikki qismiga yetkazdi.