O‘zbekistonda birlamchi avtomobil bozordagi takliflar bir oy ichida 33%ga kamaygan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahlillarida keltirilgan.

Yil boshidan buyon 1,2 mln dona avtomobil sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar (+604 ming) ko‘pdir.

Oktabr oyida birlamchi bozorda avtotransport vositalari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2%ga oshdi.

Shu bilan birga, joriy yilning sentabr oyiga nisbatan sotuvlarda sezilarli pasayish kuzatildi.

Oktabr oyida sotilgan avtotransport vositalarining umumiy soni 112,7 mingtani tashkil etdi, bu sentabr oyiga nisbatan 8%ga kam.

Xususan, oktabr oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 33%ga pasayib 17 mingtani tashkil etdi, bunda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar atiga 1,5%ga oshgan.

Oktabr oyida ikkilamchi bozorda avtomobil sotuvlar joriy yilning sentyabr oyiga nisbatan 1,4%ga (91,7 mingta avtomobil) kamaydi.

Joriy yilning oktabr oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi soni 1,7 mingtani tashkil etdi va oyiga 8,5%ga pasaydi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21%ga o‘sish kuzatildi.


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oktabr oyidagi ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilgandi.