Xorijdagi o‘zimiznikilar: Amazonda ishlayotgan Iskandar Anvarov hikoyasi

Dasturchi suhbatdan o‘tishga sakkiz oy tayyorlangani, nima uchun Niderlandiyani tanlagani, u yerdagi ish haqlari va xarajatlar haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.


“Har bir qiyinchilik ortida imkoniyatlar turadi” — YeTTB prezidenti bilan eksklyuziv intervyu

Odil Reno-Basso “Spot"ga bergan intervyusida O‘zbekistondagi asosiy o‘zgarishlar, Xorijiy investorlar kengashining ahamiyati, YeTTBning O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari va inflyatsiya sabablari hamda boshqa muhim masalalar haqida so‘zlab berdi.


“Turonbank” xodimlari tomonidan bankomat pullari talon-taroj qilindi

Ular soxta ma’lumotlar tuzish orqali jami 347,5 mln so‘m va $7,6 ming o‘zlashtirishgan.



Oʻzbekiston banklaridagi ipoteka kreditlari boʻyicha ma’lumot. 2022-yil noyabr oyi bo‘yicha

Mavjud 31 ta bankdan 13 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.


IT bo‘yicha 5 ta kitob: C++

Ushbu to‘plam C++ dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Turkistonbank” omonatchilarining mablag‘lari muddatidan avval qaytariladi. Bu bo‘yicha omonatchilar 21-noyabrdan boshlab “Qishloq qurilish bank"ka murojaat qilishlari mumkin.
  2. Olti oy davomida davlat qarzi qariyb $300 mlnga kamaygan. Davlat ichki qarzi esa biroz oshib $41,4 mlnga ko‘paygan.
  3. O‘n oyda Oʻzbekistonga 395 ming rossiyalik sayohat maqsadida kelgan. “Immigrant House” kompaniyasi mutaxassislari rossiyaliklar qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani va qayerga immigratsiya qilish oson ekanligini tahlil qildi.
  4. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishining qiymati $5 mlrdgacha baholanmoqda. 2023-yilning aprel oyida Xitoyning loyiha instituti Qirg‘izistonga hujjatlarni taqdim etishi ta’kidlanmoqda.
  5. YXHTning Bishkekdagi akademiyasi magistratura dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Nomzodlar bakalavr diplomga ega bo‘lishi hamda ingliz tilini bilishi kerak. Bunda til bilish sertifikati talab etilmaydi.
  6. Xorijliklar O‘zbekistonni IT-xabga aylanayotganini muhokama qilishmoqda — Sherzod Shermatov. “IT Park” rezidentlari soni 996 taga yetib, yil boshidan beri 190%ga oshgan.
  7. O‘zbekiston elektromobillar sanoatini nimalar kutmoqda. Prezident elektromobil tarmog‘ini rivojlantirishga oid takliflarni muhokama qildi.
  8. “Uzbekistan Airways” barcha aviaqatnovlarga 8% chegirma e’lon qildi. Chegirma joriy yilning 25-noyabridan 8-dekabrigacha amal qiladi.
  9. Tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi — davlat rahbari Navoiyni rivojlantirish bo‘yicha qanday topshiriqlar berdi. Keyingi yili 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
  10. Nega O‘zbekistonda ayollarning iqtisodiy faolligi erkaklarnikiga nisbatan past. Ekspertlar tahlili. Bunga ularning uy-ro‘zg‘or ishlari va bola parvarishi bilan to‘liq band ekanligi sabab bo‘lmoqda.