Yevropa gaz infratuzilmasi operatorlari assotsiatsiyasi (GIE) ma’lumotlariga ko‘ra, qishki haroratning sovuq kelishi yevropaliklarni 90%dan pastga tushgan yer osti omborlaridan faol ravishda gazni nasos bilan ta’minlashga majbur qildi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.

7-dekabrdagi natijalarga ko‘ra, yer osti omborlari 89,93%ga to‘ldirilgan (hisobot davri uchun minus 0,47% punkti). Shunga qaramay, ko‘rsatkich yuqori darajada qolmoqda.

So‘nggi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli 11% punktga yuqori va yoqilgi iste’mol qilish darajasi ham normal chegaralarda.

Hozirgacha yoqilgi iste’mol qilish darajasi noyabrda 0,16% punktni dekabrda esa oʻrtacha 0,39% punktni tashkil qilmoqda.

Eng faol gaz Belgiya (1,49% punkti), Fransiya (0,87% punkti) va Slovakiya (0,78% punkti)dagi omborxonalardan chiqarilmoqda.

Shu bilan birga, Yevropada suyultirilgan gaz (LNG) importi noyabr oyida talabning qishda sishi uchun rekord darajaga yetdi, deb yozadi “Rystad Energy” tahlilchilari.

Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya noyabr oyidagi hajmning yarmini import qilgan.

“Yevropadagi harorat dekabr oyining birinchi haftasida pasayishda davom etdi va bu ularning omborlaridan gaz olish hajmini hafta davomida kuniga oʻrtacha 470 mln kub metrga yetkazdi. LNG importi oylik rekord darajadagi 11,4 mln tonnaga yetdi (noyabr oyida)”, — deb yozadi kompaniya tahlilchilari oʻz sharhlarida.

Ular kuniga taxminan 300−500 mln kub gaz yer osti omborlaridan olinishini kutishmoqda. Mutaxassislar bozorni qo‘llab-quvvatlashni yuqori hajmdagi LNG importi, Norvegiya, shuningdek, Afrika va Ozarbayjondan quvurlarda yetkazib berishda ko‘rmoqda.


Avvalroq “Spot Toshkentda barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtincha yopilgani haqida yozgandi.