Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26-dekabridan 2023-yilning 8-yanvarigacha amalga oshiriladigan 14 ta qatnov quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16.

768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Yo‘nalish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan, shuningdek, havola orqali onlayn olish mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ham qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan:

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Chegirmalar joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi. Chiptalarni elektron tarzda havola orqali olish mumkin.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi ham talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi.

Xususan, chegirma joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.