Rossiyada iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida qisman safarbarlik fonida ishchi kuchi tanqisligi kuchaymoqda, ishsizlik tarixiy minimumini yangiladi, deya xabar bermoqda Rossiya Markaziy banki.

Shuningdek, real ish haqining o‘sishi tezlashdi, deya ta’kidladi regulyator, ammo hozirda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish mehnat bozorining holati bilan sezilarli darajada cheklangan.

Regulyator xabarida mamlakatda qisman safarbarlikning iqtisodiy oqibatlaridan biri ko‘plab sohalarda kadrlar etishmasligi haqida ta’kidlangan.

“Hozirgi bosqichda Rossiya iqtisodiyotida ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari asosan mehnat bozorining holati bilan cheklangan. Bunday sharoitda iqtisod tarmoqlarida real ish haqining o‘sishi tezlashmoqda, bu esa mehnat unumdorligining o‘sishidan oshib ketishi mumkin”, — deyiladi bank hisobotida.

Regulyator Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi sharoitlarni qiyin deb atadi va ular mamlakatning iqtisodiy faolligini cheklashda davom etishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tahlilchilarining fikricha, Rossiya iqtisodiyoti uchun proinflyatsiya ta’siri ishchi kuchining kamayishi va bandlik tuzilmasidagi o’zgarishlar tufayli bazaviy ssenariyga qaraganda ancha aniq bo’lishi mumkin.

“Kommersant” nashri yozganidek, eng katta kadrlar tanqisligi yengil sanoat korxonalarida (-70%), mashinasozlikda (- 35%) va oziq-ovqat ishlab chiqarishida (-25%) kuzatilmoqda.

Noyabr oyi boshidagi RosStat ma’lumotlariga koʻra, mamlakatda jami ishchi kuchi 75,3 mln kishini tashkil etadi, ulardan 71,7 mlni band. Shundadan 38,7 mln nafari erkaklar, ulardan 36,8 mln nafari ish bilan band.

Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi tomonidan 4−24 oktyabr kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yirik kompaniyalarning qariyb 40%i kadrlar etishmasligiga duch kelgan.

Yana 60%i qisman safarbarlik tufayli kadrlar yetishmovchiligini hali boshdan kechirmagan, atigi 40%i esa vaziyat kelajakda yomonlashishini kutmaydi.

Iqtisodiyot vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov dekabr oyi boshida mehnat bozoridagi tanqislik iqtisodiyotni cheklayotgani va hukumat tomonidan juda xavotirda ekanini aytgan.