Markaziy bankning 2023-yil 17-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11342 (+25,02) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 13-yanvarda belgilangan 11 300 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qariyb 42 so‘mga qimmatladi.

17-yanvar kuni barcha banklarda sotish kursi 11 400 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 330 so‘mdan 11 375 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank”, “Infinbank”, “Anorbank” va “Kapitalbank” taklif qilmoqda.

Sotish kursi esa barcha banklarda 11 400 so‘mdan amalga oshirilmoqda.

Dollar kursining 11 300 so‘mlik ko‘rsatkichdan o‘tishi 16-martda kuzatilib, valyuta kursi 11 380 soʻmni tashkil qilgandi.