Fido-Biznes kompaniyasi yetakchi dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning IT-yechimlari uzoq yillar davomida O‘zbekistonning moliya, davlat va ijtimoiy sohalarida, sanoat, energetika, telekommunikatsiya va sug‘urta tarmoqlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

1995−2005 yillarda O‘zbekistonda bank sektorini avtomatlashtirish davrining boshlanishini Fido-Biznes kompaniyasi, uning boshqa raqobatchilari, shu bilan birga bugungi bank sektorining ham shakllanish davri bo‘ldi deb hisoblash mumkin. Tashkil etilganidan beri kompaniya eng ko‘p saʼy-harakatlarni bank tizimini rivojlantirishga qaratdi. Biroq, Fido-Biznes yechimlari nafaqat banklarning ishiga yordam beradi. Kompaniya asoschisi Taʼlat Dadajonov 30 yil davomida erishilgan yutuqlar va raqamli transformatsiyalar haqida gapirib berdi.

Hammasi nimadan boshlandi

Fido-Biznes 1993-yil 20-yanvar kuni kibernetika instituti huzuridagi loyiha-konstruktorlik byuro negizida tashkil etilgan. O‘sha vaqtda men bo‘lim rahbari bo‘lib ishlaganman. Kompaniya faoliyatining yo‘nalishi — dasturiy taʼminotni ishlab chiqish zamon talabi bo‘lib, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishni taqozo etardi. Shu sababli boshida kompaniyaning faoliyati sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan ALT (avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi) yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan.

Bu davrda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Chirchiqximmash”, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabi sanoat korxonalari uchun bir qator avtomatlashtirilgan tizimlar yaratildi va joriy etildi. Kompaniya xodimlari jami 13 nafar edi.

1995−1996 yillarda Markaziy bank islohotini boshladi, prezident farmoni bilan tegishli qonun hujjatlari, shu jumladan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. O‘sha paytda baʼzi tijorat banklari mahalliy texnologik ishlanmalariga ega edi, ammo O‘zbekistonning global to‘lov tizimisiz bankning mahalliy avtomatlashtirilgan kunining o‘zi moliya sektori rivojlanishining kerakli yurgizuvchisi bo‘la olmasdi.

Shuning uchun 1996-yil 25-may kuni Markaziy bank va Fido-Biznes kompaniyasi o‘rtasida ikkita muqobil ko‘rinishda Oracle maʼlumotlar bazasini boshqarish sanoat tizimi negizida Markaziy bank hududiy hisob-kitob markazlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun dasturiy komplekslar va hisoblarning yangi rejasi bo‘yicha “Bankning operatsion kuni” dasturiy komplekslarini yaratish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Deyarli bir yil ichida Fido-Biznes 1997-yil 17-aprelda respublikaning aksariyat tijorat banklarida joriy etilgan avtomatlashtirilgan bank tizimini (ABT) ishlab chiqdi. Bu mamlakat bank sektorida raqamli davrning boshlanishi bo‘ldi.

Ahamiyatga molik voqea va loyihalar

90-yillar oxirida Fido-Biznes kompaniyasi mamlakatdagi ilk ayirboshlash shahobchalarini ishga tushirishda qatnashdi.

2000-yilda “ingichka” mijoz arxitekturasiga o‘tishga qaror qilindi. Bunday arxitekturaning o‘ziga xos xususiyati foydalanuvchi interfeysining terminal rejimidan foydalanishdir. Kelajakda bu kompaniyaning muvaffaqiyati va jadal rivojlanishiga turtki berdi.

2001-yilda integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining (IABT) birinchi versiyasi bozorga chiqarilib, u ko‘p tarmoqli bank uchun yagona axborot maydonini taqdim etdi. Bu versiya real vaqt rejimida markazlashtirilgan axborotni qayta ishlash prinsipi asosida ishlaydi.

Bugungi kunga kelib IABTning yettinchi versiyasi chiqarilgan. U banklarga yagona mijozlar bazasini yaratish va kunu-tun ishlashga imkon beradi. Dastur tijorat banklarining yagona xalqaro moliyaviy hisobotga o‘tishini taʼminladi. IABTdan respublikaning 15 ta bank muassasalarida foydalaniladi.

Fido-Biznes banklarni raqamlashtirishda ishtirok etishdan tashqari, ijtimoiy loyihalarda ham o‘zini ko‘rsata oldi. 2007-yilda biz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ko‘magida aholiga pensiya va nafaqalar berilishini hisoblash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan “Pensiya” axborot tizimini ishlab chiqdik. Shuningdek, hamkorlikda keyinchalik butun respublika bo‘ylab tatbiq etilgan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari tizimi ham ishlab chiqildi.

2010-yilda Energetika vazirligi uchun isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish va hisoblash uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish boshlandi. Dasturiy taʼminot hali ham Energetika vazirligi tomonidan qo‘llaniladi va taqdim etilgan elektr energiyasini hisobga olish va hisoblash, to‘lovlarni qabul qilish, isteʼmolchilarga maʼlumot berish, arizalarni qabul qilish va bajarilishini nazorat qilish va shu kabi boshqa xizmatlarni onlayn tarzda bajarishga yordam beradi. Bugungi kunda dasturiy taʼminot majmuasi mamlakatimizda 8 mln yaqin elektr energiyasi isteʼmolchilariga xizmat ko‘rsatmoqda. Shu jumladan 7,5 mln dan ortig‘i — jismoniy shaxslar, 1,5 mln yaqini — yuridik shaxslardir.

2010-yilning o‘zida East Telecom telekommunikatsiya kompaniyasi uchun hisob-kitob tizimi joriy etildi, hozirgi vaqtda u ko‘plab abonentlarga ega va o‘z aloqa kanallari uzunligi bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinda turadi. Tizim telekommunikatsiya kompaniyasining aksariyat biznes-jarayonlarini avtomatlashtirishga va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam berdi.

Bundan tashqari, 2010−2015 yillarda Fido-Biznes biometrik pasport berish jarayonlarini avtomatlashtirishda ishtirok etdi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimini, shuningdek, 2020-yillar boshida xorijiy pasport berish tizimini ishlab chiqdi.

2022-yil noyabr oyida Fido-Biznes o‘z ofisida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston delegatsiyalari vakillarini qabul qildi. Uchrashuv USAID tomonidan tashkil etilib, energetika sohasini avtomatlashtirishga qaratildi. Qo‘shni davlatlar delegatsiyalari vakillari energetika sohasidagi dasturiy taʼminotimizga qiziqish bildirishdi. Yaqin kelajakda biz ushbu mahsulotni respublikadan tashqariga olib chiqishni rejalashtirmoqdamiz.

Global raqamlashtirish davrida qaysi trendlar dolzarb?

Bugungi kunda mijoz xizmatlardan taqdim etuvchi tashkilotga tashrif buyurmasdan foydalanishni xohlaydi, yaʼni jarayon tobora ko‘proq onlayn shaklga o‘tmoqda. Bu esa raqamli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot, masalan, bank o‘zining ham, mijozining ham barcha maxfiy maʼlumotlarini himoya qilishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun bugungi kunda asosiy tendensiya raqamli xavfsizlik, shu jumladan shaxsiy maʼlumotlarning himoyasini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishdir.

Keyingi tendensiya — bu o‘zaro faoliyat olib borish uchun platforma. Agar avvallari dasturiy taʼminot maʼlum bir DBMS yordamida maʼlum bir operatsion tizim uchun yaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda bizning vazifamiz — mijozning platformani tanlashda mustaqilligini va apparat, tizim yoki dasturiy taʼminot yetkazib beruvchisidan qatʼi nazar, yechimlarimizdan qulay foydalanish imkoniyatini taʼminlashdir.

Yana bir muhim band — sunʼiy intellektdan foydalanish. Ko‘pincha bugungi kunda bu biometrik maʼlumotlarni masofadan aniqlash va tahlil qilishdir. Masalan, bu barmoq izi ko‘rinishidagi biometrik kalitlar, yuzni aniqlash, liveness detection yechimlari: mijozning haqiqatan mavjudligini tekshirish.

Raqobatchilardan texnologik ustunligingiz nimada?

Bizning asosiy ustunligimiz — 30-yillik tajriba va biz erishgan mijozlarning ishonchi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotimiz aksariyat tijorat banklari, davlat tashkilotlari, sanoat va boshqa tashkilotlar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bunda aksariyat axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan, narx esa xorijiy ishlab chiquvchilarning mahsulotlari narxiga ko‘ra yurtimizdagi buyurtmachilar uchun hamyonbop hisoblanadi. Biz mijozlarimiz uchun juda ko‘p qulayliklar yaratdik va mijoz nimani xohlashini va qanday imkoniyatlarga ega ekanligini yaxshi anglaymiz.

Kompaniyaning rejalari qanday?

Fido-Biznes qo‘shni bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda va biz hozir bu borada qattiq ishlayapmiz. Doimo xodimlarni malaksini oshiramiz, shu jumladan rus va ingliz tillarini o‘rgatamiz. O‘ylaymanki, xodimlar har qanday kompaniyaning boyligi, poydevori hisoblanadi. Biz talabalarni jalb qilamiz, ularni o‘zimiz o‘qitamiz va kompaniyada eng yaxshilarini olib qolamiz.

Biz xodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirib borishimiz, shtatni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirib borishimiz kerak. Bu, birinchi navbatda, mamlakatimizda IT-sohasidagi kadrlarga bo‘lgan talabni qanoatlantirishga va keyinchalik xalqaro bozorga chiqish rejalarimizni amalga oshirishga imkoniyat beradi

Hozirgi vaqtda yirik xorijiy energetika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Gruziya va Tojikiston kompaniyalari bilan ham hamkorlik o‘rnatilmoqda. Har bir inson optimist bo‘lishi kerak. Agar inson biror ishni qilishni xohlasa, u, eng avvalo, ikkilanmasligi lozim. Ishonchim komilki, bir necha yildan keyin ham biz raqobatchilarimizdan ustun turamiz, chunki biz erishgan yutuqlarimizda hech qachon to‘xtamaymiz.

Reklama huquqlari asosida.