Ruminiya hukumatining bakalavr, magistratura va PhD uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan nomzodlar qatnashishi hamda tibbiyot, stomatologiya va farmatsiyadan tashqari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturini tanlashlari mumkin.

Muvaffaqiyatli ishtirokchilarning o‘qish to‘lovi qoplab beriladi hamda bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ularga quyidagicha oylik stipendiya ajratiladi:

  • bakalavr talabalari uchun oyiga 65 yevro;
  • magistratura uchun 75 yevro;
  • PhD uchun 85 yevro.

Dastur asosan rumin tili va madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan, bakalavriat va magistratura darajalari faqat rumin tilida olib boriladi.

PhD darajasi uchun nomzodlar ingliz tili yoki doktorantura tomonidan belgilangan boshqa xorijiy tilidagi dasturni tanlashlari mumkin.

Qabul qilingan nomzodlar o‘qish davri boshlanishidan oldin rumin tili kurslarida ishtirok etishadi.

Nomzodlardan diplom, transkriptlar, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va pasport, CV va boshqa hujjatlarni onlayn topshirish talab etiladi. Kerakli hujjatlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Arizalarni joriy yilning 1-martigacha havola orqali jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Turkiya hukumatining “Turkiye Burslari” grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.