Joriy yilning 13-fevral kuni “IT Park"ning Toshkent filialida “2023-yilda savdo va raqobat uchun raqamli vositalar: messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali samaradorlikni oshirish hamda sarf-xarajatlarni kamaytirish” mavzusida uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’ruzani “Interium” raqamli agentligi bosh direktori, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi va Moskva tadbirkorlar kengashi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Valeriy Sidorenko hamda agentlikning tijorat bo‘yicha direktori Andrey Yermoshkin olib boradi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bilan quyidagi mavzular ko‘rib chiqiladi:

  • reklama;
  • inqirozga qarshi marketing;
  • strategiyani ishlab chiqish;
  • media makonida ishlashning samarali va kreativ vositalari.

Tadbirda ishtirok etish bepul. Buning uchun 13-fevral, soat 15:00 gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, startaplar uchun muloqotda elektron pochtaning ahamiyati bo‘yicha uchrashuvga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 17-fevral kuni “Mahsulotlar menejmenti” bepul kursi boshlanadi.