Ulug‘bek Xojiahmedov ilk bor o‘zini biznes sohasida 90-yillarda Istanbuldagi Marmara universitetida o‘qiganida sinab ko‘rgan. Uch yil davomida u Rossiyaga bolalar kiyimlari yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, “LC Waikiki”, “Disneyland”, “Jordache Kids”, “Cembalo” kabi brendlar bilan ishlagan.

Ulug‘bek AQShning “Willamette” universitetida magistratura yo‘nalishini tamomlaganidan so‘ng darhol biznes konsalting bo‘yicha o‘zining birinchi mijozini topishga muvaffaq bo‘ldi.

2003-yilda tadbirkor o‘zining konsalting firmasini ochish g‘oyasi bilan O‘zbekistonga qaytib keldi va bir vaqtning o‘zida o‘z biznesini rivojlantirish uchun investitsiya kompaniyasida ishladi.

Ulugbek “Compass Consulting” kompaniyasini 2007-yilda ochgan. U kompaniyalar, korporatsiyalar va shaxsiy brendlarni jahon darajasiga olib chiqish, ular uchun strategiyani ishlab chiqish va rivojlanish tizimini ishlab chiqishda yordam beradi.

“Bolaligimdan kitob o‘qish sevimli mashg‘ulotlarimdan biri edi. Shu qadar ko‘p o‘qiganimdan vaqt qanday o‘tayotganini sezmay qolardim. Endi har 1−2 oyda kamida bitta kitob o‘qishga harakat qilaman”, — deydi tadbirkor.

Ulug‘bek Xojiahmedov yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik va menejment masalalarini hal etishda yordam beradigan professional adabiyotlarni afzal ko‘radi.

U kitobxonlikni insonning kasbiy va shaxsiy rivojlanishining muhim omili deb biladi.


“Murosasiz muzokaralar”, Kris Vos

Bu kitob meni muzokaralarga butunlay yangicha nuqtai nazardan qarashga majbur qildi.

Uni o‘qib chiqqanimdan so‘ng, men har qanday muzokaralarni konstruktiv olib borish qobiliyatini oshira oldim, bu muvaffaqiyatli shartnomalar soniga va ularning o‘rtacha hisobiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

“Bu kitobni o‘qimasdan oldin o‘zimni yaxshi muzokarachi deb hisoblardim”, — deydi Ulug‘bek.

Kitobda hayot-mamot masalalari suhbat orqali hal qilingan amaliy holatlar ko‘p. Men hammaga o‘z dunyoqarashi va suhbat qobiliyatini kengaytirish uchun uni o‘qishni tavsiya qilaman.

compass consulting, kitoblar tavsiyasi, ulug'bek xojiahmedov


“Ongli biznes”, Fred Kofman

Bu kitobni murabbiyning tavsiyalari bilan o‘qib chiqdim va bundan afsuslanmadim, chunki o‘z biznesimga va mijozlarimizning biznesiga bo‘lgan nuqtai nazarim tubdan o‘zgardi.

Bundan tashqari, men ushbu kitob asosida bir nechta yetakchilik treninglarini o‘tkazdim.

Kitob, avvalo, yetakchilikni rivojlantirishning aniq va tushunarli metodologiyasiga ega ekanligi bilan yoqadi.

Shuning uchun men bu fazilatlarni o‘zida rivojlantirmoqchi bo‘lgan har bir kishiga, shuningdek, liderlarga tavsiya qilaman.

compass consulting, kitoblar tavsiyasi, ulug'bek xojiahmedov


“To‘plangan yetakchilik”, Joanna Barsh, Joan Levoy

“McKinsey & Company” hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan yetakchilikni rivojlantirish aerobatikasi.

O‘z kompaniyamni rivojlantirish jarayonida bu ish bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘ldim.

O‘qiganlarim menga shunchalik ta’sir qildiki, kashfiyotlarimni hamma bilan baham ko‘rdim. Bunday mavhum mavzuning chuqurligini yo‘qotmasdan, uni aniq shakllantirib taqdim etish mumkinligi meni hayratda qoldirdi.

Men o‘z paradigmalarimni qayta ko‘rib chiqib, ushbu material asosida treninglar ishlab chiqdim va ularni do‘stlarim, hamkasblarim va mijozlarim uchun o‘tkazdim.

Vizual namoyishlar va amaliy holatlar tufayli kitob mutlaqo hamma uchun tushunarli bo‘ladi.


Karlos Kastanedaning 12 ta kitobi

“Talabalik yillarimda bu yozuvchini o‘qishga qiziqib qoldim. Menga ushbu turkumdagi eng yoqqani oxirgi beshta kitob bo‘ldi”, — deydi u.

Muallif o‘z shaxsiy tajribasini qiziqarli va samarali baham ko‘radi, shuning uchun men uning asarlarini hikoya qilishning eng yaxshi namunasi deb bilaman.

Bundan tashqari, Kastaneda dunyoning shafqatsizligi bilan qanday kurashayotgani, shuningdek, hind madaniyatining gozal tomonlari haqida gapiradi.

“Bu asarlarda o‘qiganlarimdan shaxsiyatim to‘qilgan, deyishdan qo‘rqmayman, ular tufayli ko‘p narsalarni anglab yetdim. Bu men uchun inqilob edi”, — deydi Ulug‘bek Xojiahmedov.

Agar siz kundalik hayotingiz samaradorligini oshirishni va motivatsiya olishni istasangiz, sizga ushbu ajoyib seriyani oqishni maslahat beraman.


“Daholar va begonalar”, Malkolm Gladvell

Asar muallifi tasodifiydek tuyulgan vaziyatlarda hayotning yashirin qonuniyatlarini birinchi bo‘lib kashf etadi.

Ushbu kitobning qiziqarli sayohatida siz nima uchun ba’zi odamlar hamma narsaga ega bo‘lishlarini va ba’zilarda buning aksi bo‘lishini bilib olasiz.

Bu muvaffaqiyat bo‘yicha qo‘llanma emas, balki muvaffaqiyatli shaxs bo‘lishning kelib chiqishi haqida.

Yozuvchi ko‘zga ko‘ringan insonlar, ularning mehnatsevarligi misolida qanday yuksak cho‘qqilarga erishganlari, daholarning oddiy odamlardan qanday farq qilishini ko‘rsatadi. Hammasi sodda va tushunarli tilda yozilgan.

Rostini aytsam, bu kitob mening ota-ona tarbiyasiga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirdi.

Shuning uchun ham barcha ota-onalarga, qolaversa, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotganlarga ham foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman.

compass consulting, kitoblar tavsiyasi, ulug'bek xojiahmedov