China Shashlik va Mahmood kabob: Nodir Mahmudov qanday qilib furgonda boshlangan biznesni restoranlarga aylantirdi. Video

Tadbirkor “Spot"ga China Shashlik retsepti uchun $100 minggacha taklif qilishgani, loyihani 0 dan boshlashga qancha mablag‘ talab qilinishi hamda nega bu sohada biznes boshlash kerakligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Job interview: marketing bo‘yicha ish izlovchilar suhbatda qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi

“Spot” mutaxassislar xatolari va ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish zarurligi bo‘yicha ekspert Azizbek Umaraliyev tavsiyalarini taqdim etadi.

hafta yakuni, week summary


2023-yil mart oyi uchun O‘zbekiston banklarida kobeyjing kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mazkur kartalarni mavjud 34 ta bankdan 11 tasida ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary


Qaysi biri yaxshiroq: YaTT, MChJ yoki o‘z-o‘zini band qilish? Farqlar, afzalliklar va kamchiliklar haqida

Yaran Consulting hammuassisi Yevgeniya Son o‘z faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkor uchun biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini tushuntiradi.

hafta yakuni, week summary


Quyosh panellarini muddatli to‘lovga qanday olish mumkin. Qo‘llanma

Buning uchun marketpleys orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Platformada kompensatsiya va muddatli to‘lovni hisoblash kalkulyatori mavjud.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Hindistonning Aakash Healthcare kompaniyasi Toshkentda $100mlnlik tibbiyot shaharchasi quradi.
    Shaharchada tibbiyot kollejlari, hamshiralar tayyorlaydigan o‘quv muassasasi joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.
  2. Rossiyaliklar Toshkentdagi uy-joy ijarasi narxlariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
    Ekspertning fikricha, bu yil ijara bozorida o‘rtacha o‘sish kutilmoqda. Va bu faqat ruslarning “to‘lqini” bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
  3. Endi jarimalarni vaqtliroq to‘laganlarga 50%gacha chegirma beriladi.
    Xususan, 15 kun ichida jarima miqdorining 50%ini, 30 kun ichida 70%ini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
  4. Rossiyada rus tilini bilmagan migrantlar jarimaga tortilishi mumkin.
    Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda yashovchi migrantlarga rus tilini yaxshi bilmagani uchun jarima solishni taklif qilmoqda.
  5. O‘zavtosanoat raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
    Bungacha mazkur lavozimni Baxtiyor Raxmonov egallab kelayotgandi.
  6. Forbes O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini tuzdi.
    Bunda 10 ta bank kredit reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralangan.
  7. Dronlardan aholi punktidan tashqaridagi yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlashda foydalanish boshlanadi.
    Shuningdek, yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’lumotlarni o‘zida markazlashgan holda jamlovchi ma’muriy amaliyot moduli ishlab chiqiladi.
  8. Ulug‘bek Rozuqulov O‘zavtosanoat kompaniyasi raisi etib tayinlandi.
    U bu lavozimga kelgunga qadar mamlakatning Vetnamdagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
  9. Talabalarga ta’lim kreditini onlayn ajratish xizmati ishga tushiriladi.
    Bundan tashqari, ta’lim sohasida Yagona portal orqali amalga oshiriladigan onlayn xizmatlar soni oshiriladi.
  10. Rossiyaning 12Storeez kiyim-kechak brendi Toshkentda do‘kon ochadi.
    Qayd etilishicha, do‘kon “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazida joylashadi.