Hozirgi vaqtda O‘zbekiston charm sanoati jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. Ushbu sohaning yorqin vakili — Orient Technology kompaniyasi Uzcharmexpo-Shoesstar Euroasia-2023 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada ishtirok etish kompaniya uchun an’anaga aylangan imij hodisasidir.

реклама

Orient Technology O‘zbekiston bozorida doimo yetakchi o‘rinni egallab kelgan va ishlab chiqaruvchining xomashyosi mijozlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Kompaniya ko’rgazmada ikkinchi yil ishtirok etmoqda hamda an’anaviy tarzda har bir ko’rgazmadan so’ng yangi hamkorlar bilan shartnomalar tuziladi.

Uzcharmexpo-Shoesstar Euroasia-2023 ko’rgazmasi yaxshi natijalarni ko’rsatmoqda. Shu sabab, kompaniyalar ishtirokchilar safini kengaytirishni so’ramoqda.

реклама

Agar ko‘rgazma hududidagi bitimlar tahlil qilinsa, Uzcharmexpo-2022 ko‘rgazmasi kunlarida ja’mi $50 mln bitimlar imzolandi. Shu sababli, ushbu ko’rgazma nafaqat korxonalarni reklama qilish, balki yangi shartnomalar tuzish, mijozlarni qozonish va yangi hamkorlikning tug’ilishi uchun samarali maydon bo’lishi mumkin.

реклама

Ko‘rgazma nafaqat O’zbekiston, balki xorijlik hamkorlar uchun ham mazkur sohadagi tadbirkorlarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bu Orient Technology`ning mijozlari tashrif buyuradigan yilning eng muhim ko’rgazmalaridan biridir.

реклама

Orient Technology mijozlarga mahsulot liniyalarini taklif qilishdan tashqari, ular bilan muloqot quradi: ularni eshitib, kompaniya sifatida muammolarini hal qilish uchun yechimlar taklif qiladi. Bu yerda kompaniya va butun sanoatni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

реклама

Orient Technology 5−7 aprel kunlari “O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tadigan Uzcharmexpo-Shoesstar Euroasia-2023 XIV xalqaro ko‘rgazmasiga taklif qiladi. U yerda kompaniya o‘zining yangi mahsulotlarini namoyish qiladi va har xil turdagi charm xomashyosini taklif etadi.

Reklama huquqlari asosida.