“Ayna Books” asoschisi Ayna Aliyeva tavsiya qilgan 5 ta kitob
Tadbirkor biznes boshlash, farzandlarini tarbiyalashda yordam berishga ilhomlantirgan kitoblar haqida Spot bilan o‘rtoqlashdi.
Xorijda ta’lim: Fransiyaning Stratsburg universitetiga 100% grant qo‘lga kiritgan Malika Tursunova hikoyasi
U “Spot” bilan suhbatda nima uchun Fransiyani tanlagani, mamlakatda talabalar uchun beriladigan chegirmalar va grant uchun hujjat topshirish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.
Ofisdagi daraxt, gimnastika halqalari va graffiti: TBC ofisi qanday tuzilgan?
TBC Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili nima uchun xodimlar kostyum kiyishlari shart emasligi, ular qanday sharoitda va qanday jadval bo‘yicha ishlashlari haqida so‘zlab berdi.
Banklardagi ipoteka kreditlari. 2022-yil aprel oyi bo‘yicha
Mavjud 34 ta bankdan 12 tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.
IT bo‘yicha 5 ta kitob: Bash
Ushbu to‘plam Bash qobiq dasturini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin.
Bu bo‘yicha prezident maxsus ishchi guruh tuzish va yil oxirigacha takliflar kiritishga topshiriq berdi. - Talabalar uchun HEMIS axborot tizimining Telegram-boti yaratildi.
U orqali reyting daftarchasi va transkript, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda dars jadvallari kabilarni olishlari mumkin. - Sentabrdan banklarning ustav kapitali oshiriladi.
Bu bo‘yicha senatorlar tegishli qonun loyihasini ma’qulladi. Natijada ustav kapitalni 100 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha oshirish belgilanmoqda. - Yaponiyaning Awaji yoshlar federatsiyasi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Ishtirokchilarga $1500 miqdorida oylik ish haqi beriladi hamda barcha xarajatlar qoplanadi. Biroq Yaponiyaga kelish va ketish xarajatlarini ishtirokchining o‘zi qoplashi kerak. - O‘zbekistonda Exeed avtomobillarini yig‘ish sanasi qachon boshlanadi.
Qayd etilishicha, brendning birinchi avtomobillari bahor oxirida konveyerdan chiqishi kutilmoqda. - Yandex matn orqali tasvirlarni yaratuvchi neyron tarmoq prototipini ko‘rsatdi.
Neyron tarmoq rus va ingliz tillarida so‘rovlarni tushunadi, taniqli rassomlarga taqlid qilishi, turli badiiy uslublarda ishlashi mumkin. - Daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi.
Bunda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullari hisobga olinadi. - Toshkent aeroportida kapsulali mehmonxona ochiladi.
Mehmonxona ikki qavatdan iborat bo‘lib, 27 ta turar joyni tashkil etadi. Hududni ijaraga berish maqsadida boshlang‘ich 325,4 mln so‘m bilan auksionga qo‘yilgan. - Forbes dunyoning eng boy odamlarini e’lon qildi.
Ro‘yxatda $211 mlrd boylik bilan Bernard Arno birinchi, Ilon Mask esa $180 mlrd bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. - Yangi Toshkent loyihasi: shahar beshta asos bo‘yicha quriladi.
Shuningdek, loyihalashtirish va barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun direksiya tuzildi. Loyihada urbanizatsiya yondashuvlari, aqlli texnologiyalar qo‘llaniladi.