Avvalroq “Spot” Xitoy kompaniyasi Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasini qurishi mumkinligi haqida yozgandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC GROUP” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Yibo Vang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Unda qiymati $50 mln.ni tashkil qiluvchi Sirdaryo viloyati Xovos tumanida agrologistik parki qurish loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda 32 gektar ajratilgan yer uchastkasida barpo etilishi rejalashtirilayotgan obyektlar muhokama qilindi, xususan:

  • 50 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborlar, 300 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti tovar aylanmasi, jumladan saralash, qayta ishlash, saqlash, sovutish, qadoqlash;
  • ofislar, kamida 200 xonali mehmonxonalar;
  • bojxona;
  • avtopark;
  • fitosanitariya va veterinariya tekshiruvi punktlari;
  • konteynerlar qabul punkti va boshqalar.

Bu yirik logistika markazi O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.

Agrologistika markazi tashqi infratuzilmasi 100% O‘zbekiston tomonidan, uni qurish esa 100% Xitoy investitsiyalari asosida amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” Koreya kompaniyasi O‘zbekistonning uchta viloyatida umumiy qiymati qariyb $200 mlnlik loyihalarni amalga oshirmoqchi ekanligi