Banklarda “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur platformani dastlab Toshkentdagi bank filiallarida sinov tariqasida joriy etilib, keyinchalik barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.

“Naqd pullarning elektron maydoni” platformasi orqali tijorat banklari tomonidan naqd pullarni boshqarishda erkinlik berishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Bunda tijorat banklari bo‘linmalari ehtiyojidan ortiqcha naqd pullarini mazkur platforma orqali taklif etishi, naqd pulga talabi mavjud tijorat banklari bo‘linmalari esa ushbu pullarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishishlari mumkin.

Shuningdek, platforma orqali naqd pullarga bo‘lgan talabi qondirilmagan bank bo‘linmalari Markaziy bank tomonidan naqd pullar bilan ta’minlanadi.

Avvalroq regulyator joriy yilning birinchi choragida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln so‘mga kamayganini ma’lum qilgandi.