2023-yilning mart oyida Qozog‘istondan chet elga 72,2 mlrd tenge (219,1 ming tranzaksiya) pul o‘tkazmalari jo‘natilgan. Bu haqda Qozog‘iston Milliy banki xorijdan pul o‘tkazmalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarida ma’lum qildi.
Fevral oyiga nisbatan jo‘natilgan pul o‘tkazmalari soni va hajmi mos ravishda 29,4% va 24,5%ga oshdi.
“Xorijga pul jo‘natmalari miqdori bo‘yicha Turkiya yetakchilik qilmoqda — 21 mlrd tenge (ulush 28,3%)”, — deyiladi regulyator hisobotida.
Keyingi o‘rinda eng koʻp pul joʻnatmalari Rossiyaga — 20 mlrd tenge (jami ulush 27%), Oʻzbekiston 13,9 mlrd tenge (ulushi 18,8%) amlaga oshirilgan.
Pul joʻnatmalairi boʻyicha kuchli beshlikda Gruziya — 7,9 mlrd tenge (ulush — 10,7%), shuningdek, Qirg‘iziston — 2,4 mlrd tenge (ulush — 3,3%) bor.
Pul joʻnatmalari
Davlat | Tranzaksiyalar miqdori (ming) | Pul joʻnatmalari (tenge) | Umumiy pul jo‘natmalaridagi ulushi |
Turkiya | 33,5 | 21 mlrd | 28,3% |
Rossiya | 96,7 | 20 mlrd | 27% |
Oʻzbekiston | 51,5 | 13,9 mlrd | 18,8% |
Gruziya | 4 | 7,9 mlrd | 10,7% |
Qirg‘iziston | 9,7 | 2,4 mlrd | 3,3% |
Xitoy | 1,8 | 2,3 mlrd | 3,1% |
Tojikiston | 12,7 | 1,4 mlrd | 2% |
Armaniston | 1,9 | 1 mlrd | 1,4% |
Janubiy Koreya | 0,8 | 880 mln | 1,2% |
Ukraina | 1,8 | 744 mln | 1% |
Boshqa davlatlar | 7,7 | 2,4 mlrd | 3,3% |
Shuningdek, Qozog‘iston Milliy banki xorijdan pul o‘tkazmalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ham taqdim qildi.
Unga ko‘ra, mart oyida Qozog‘istonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali 29,9 mlrd tenge ($67,5 mln) qiymatidagi 114 ming tranzaksiya jo‘natilgan.
Pul oʻtkazmalari
Davlat | Tranzaksiyalar miqdori (ming) | Pul oʻtkazmalari (tenge) | Umumiy pul o‘tkazmalaridagi ulushi |
Rossiya | 61,6 | 12,2 mlrd | 41% |
Oʻzbekiston | 6 | 3,1 mlrd | 10,4% |
Janubiy Koreya | 5,6 | 2,9 mlrd | 9,9% |
AQSh | 10 | 2,9 mlrd | 9,7% |
Turkiya | 4,9 | 1,7 mlrd | 6% |
Germaniya | 9,1 | 1,5 mlrd | 5,1% |
Qirg‘iziston | 2,8 | 1,4 mlrd | 4,8% |
Gruziya | 0,7 | 368 mln | 1,2% |
Isroil | 1,1 | 288 mln | 1% |
BAA | 0,9 | 269 mln | 0,9% |
Boshqa davlatlar | 11,2 | 2,9 mlrd | 9,9% |
Fevral oyiga nisbatan qabul qilingan pul o‘tkazmalari soni va hajmi mos ravishda 24,4% va 15,6%ga oshdi.
“Xorijdan olingan pul miqdori bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda — 12,2 mlrd tenge ($27,5 mln)”, — deyiladi moliya regulyator hisobotida.
Keyingi o‘rinda eng koʻp pul oʻtkazmalari, Oʻzbekistondan yuborilgan bo‘lib, pul o‘tkazmalari miqdori 3,1 mlrd tengeni (ulush 10,4%) tashkil qilgan.
Pul oʻtkazmalari boʻyicha kuchli beshlikda Janubiy Koreya — 3 mlrd tenge (ulushi — 9,9%), AQSh — 2,9 mlrd tenge (ulush — 9,7%), shuningdek, Turkiya 1,8 mlrd tenge (ulush — 6%) bor.
Avvalroq 2022-yilda Qozog‘istondan xorijga pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilgani haqida xabar berilgandi.
O‘tgan yili mamlakatga 289,8 mlrd tenge ($646 mln) jo‘natilgan.
O‘zbekiston mamlakatlar orasida yetakchi bo‘lishiga qaramay, ko‘rsatkich 2021-yilning 12 oyiga nisbatan 2,9%ga kamaygan.
Avvalroq “Spot” 2023-yilda O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $3 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19%ga o‘sgan.
Mamlakatga amalga oshirilgan o‘tkazmalarning tahminan 82%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.