Markaziy bankning 2023-yil 19-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11 488 (+25,12) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 15-mayda belgilangan 11 417 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, qarib 80 so‘mga qimmatladi.

19-may kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 500−11 545 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 450 so‘mdan 11 480 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Xalq banki”, “Asakabank” “Poytaxtbank”, “Sanoatqurilishbank”, “O‘zagroeksportbank"‘” va “Madad Invest bank” va “Garantbank” taklif qilmoqda.

Eng maqbul sotuv kursini (11 500−11 545 so‘m) “Agrobank”, “Hamkorbank”, “Asia Alliance Bank”, “Poytaxtbank”, “Madad Invest bank” va “Trastbank” taqdim etmoqda.