“Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tashkil etish to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, 2023−2024 yillarda OTB ko‘magida quyidagi hududlarda jami 13 ta maktab qurilishi belgilanmoqda:

  • Yangihayot tumanida — 1;
  • Zangiota tumanida -5 ta;
  • O‘rta Chirchiq tumanida — 2 ta;
  • Qibray tumanida — 3 ta;
  • Toshkent tumanida — 2 ta.

Bank tomonidan loyiha ishtirokchilariga texnik xizmat ko‘rsatish va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun qaytarib berish sharti bilan $1,1 mln ajratiladi.

Shundan $150 mingi davlat budjeti hisobidan, $950 mingi esa xususiy sheriklar tomonidan bankka qaytarilishi belgilangan.

Yangi maktablar qurilishi uchun Toshkent viloyatidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan jami 67,5 gektar yer ajratilgan.

Shuning 66,9 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalari hisoblanadi. Mazkur sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining yerlari toifasiga o‘tkaziladi.

Loyiha bo‘yicha xususiy sherik xalqaro tender natijalariga asosan aniqlanadi hamda dastlabki tenderlar joriy yilning avgust oyidan e’lon qilinadi.

Yangi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tashkil etish bo‘yicha davlat sherigi etib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilandi.

Qayd etilishicha, tender orqali maktablarni keyinchalik tasarruf etish huquqisiz qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish yuzasidan DXSH to‘g‘risidagi bitim tuziladi.

Xususiy sherik o‘z mablag‘lari va kreditlarini jalb qilish hisobiga maktablarni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshiradi.

Vazirlik davlat budjeti va qonunchilik hujjatlarida an mablag‘lar hisobidan topshirilgan maktablarda ta’lim jarayonini tashkil etadi.

OTB bilan hamkorlikda mamlakatda maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi. Bu bo‘yicha bank birinchi bosqichda 100 ta yotoqxonani qurishni rejalashtirgan va u 100% davlat MTM hisoblanadi.

Loyihaning umumiy qiymati $75 mln bo‘lib, muddati 2 yilni tashkil etadi.