Sirdaryodagi aholidan GIS xizmatlari bo‘yicha maxsus bepul o‘quv kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “IT Park” Sirdaryo viloyati bo‘limi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda 18−40 yosh oralig‘idagilar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilidan “Intermediate” darajasiga ega bo‘lishi hamda “Java”, “Python”, “PHP” hamda “JavaScript” dasturlash tillarini bilishi kerak.

O‘quv jarayonlari “Supermap Software” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar xorijiy kompaniyada masofaviy ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Unda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq Singapurda o‘tkaziladigan “SLINGSHOT” startap tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.