Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorako‘l IT-klasteri tashkil etiladi.
IT-klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi:
- zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
- masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
- ilmiy-tadqiqot markazlari, o‘quv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi.
Buning uchun birinchi bosqichda 2023-yil 31-dekabrgacha ma’muriy bino, o‘quv laboratoriyasi va 5 600 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binolari quriladi.
Ikkinchi bosqichda 2024-yil 1-sentabrgacha 1 300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, 15 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona barpo etiladi.
Shuningdek, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.
Avvalroq Mazkur IT-klaster faoliyatini Hindiston bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgani haqida xabar berilgandi.
“Spot” avvalroq Bangladesh IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.