31-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Sergeli tumani: “Eski Jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Yangihayot tumani: “Mash'al” (Ibrat) MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Qariyb ikki oydan buyon kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

30-iyul kuni poyaxtning ayrim joylaridagi elektr uzatish tarmoqlarida nosozliklar kuzatildi. Xususan, 35 kVli “KL-Parkentskaya-2” yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelishi natijasida, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududidagi iste’molchilarning bir qismi (jami 2750 ta xonadon) elektr ta’minotidan uzildi.

Bundan tashqari, Chilonzor va Uchtepa tuman hududlaridagi ayrim aholi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Ozodlik” va “Rayhon” postansiyalaridan chiquvchi L-Rayhon-1 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi natijasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.