Xabar yangilandi. Yana ikkita tumanda gaz o‘chirilishi ma’lum qilindi.

Joriy yilning 4-avgust kuni Toshkent shahrining uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Hududgazta'minot” matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanining “Temuriylar” MFYda soat 10:00dan 18:00gacha quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

  • “Vatan” 1,2,3,4,5,6,7-tor ko‘chalari;
  • “Tabassum” ko‘chasi;
  • “Matonat” ko‘chasi;
  • “Soy bo‘yi” ko‘chasi;
  • “Bunyodkor” 1,2,3,4-tor ko‘chalaridagi jami 837 ta xonadon.

Qayd etilishicha bu vaqtda ta’mirlash ishlari olib boriladi, kompaniya yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 4-avgust kuni Sergeli va Bektemir tumanlarida ham gaz ta’minoti vaqtincha yetkazib berilmaydi.

Xususan, Bektemir tumanining Nurafshon MFYsida soat 10:00dan 18:00gacha qisman gaz bo‘lmaydi.

Sergeli tumanining “Uchuvchilar” mavzesi, “Qumariq” mahallasi hamda “Oltin vodiy” MFYda gaz ta’minoti qisman yetkazib berilmaydi.

3-avgust kuni Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.

Poyaxt tumanlarida iste’molchilariga gaz yetkazib berish belgilangan vaqtlarda to‘xtatilib kelinmoqda.


Avvalroq 4-avgust kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr o‘chirilishi ma’lum bo‘lgandi.