Joriy yilning 8-avgust kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanining “Sayram” hamda “Temuriylar” MFYlarida soat 10:00dan 18:00gacha iste’molchilarga tabiiy gaz vaqtinchalik yetkazib berilmaydi:
Mazkur hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilishi belgilangan hamda quyidagi hududlarda gaz ta’minoti bo‘lmaydi:
- “Sayram” MFY — “Qutb”, “Arslonbob” ko‘chalaridagi 70 ta xonadon, “Sayram” ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uylar hamda 5 ta ulgurji iste’molchilarda;
- “Temuriylar” MFY — “Tabassum”, “Matonat”, “Soy bo‘yi” hamda “Vatan” va “Bunyodkor” har birining 1, 2-tor ko‘chalaridagi 357 ta xonadon.
Shuningdek, shu kuni soat 11:00dan 16:00gacha Sergeli tumanidagi quyidagi hududlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- “Eshonbuloq” MFYning Muqanna, Xonabod ko‘chalaridagi 285 ta xonadon hamda 10 ta ulgurji iste’molchilar;
- “Oltin vodiy” MFYning Aeroport hududi, M.Haydar ko‘chalaridagi 330 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste’molchilar.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq Toshkentning qaysi tumanlarida elektr o‘chirilishi ma’lum qilingandi. 8-avgust kuni soat 09:00dan 16:00gacha Yakkasaroy hamda Sergeli tumanlarida elektr energiyasini yetkazib berish to‘xtatiladi.