Joriy yilning 11-avgust kuni Toshkent shahrining uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, Olmazor tumanining “Yangi Toshkent” mahallasi 52 ta xonadon hamda 1ta ulgurji iste’molchilarga soat 10:00dan 17:30gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bektemir tumanining “Majnuntol” mahallasidagi 1050 ta xonadon hamda 8ta ulgurji iste’molchilar uchun 14:00dan 17:00gacha gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Gaz ta’minoti kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sabab to‘xtatilishi ta’kidlanib, kompaniya noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.

Yoz mavsumida poytaxt tumanlarida gaz va elektr energiyasi ta’minotida o‘chirilishlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq iyul oyida 40 mlrd so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingangani haqida xabar berilgandi.