16-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani: “Ustozlar” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Yangi Toshkent” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Qariyb ikki yarim oydan buyon poyaxtda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq prezident oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilish o‘tkazgandi.

Unda elektr bo‘yicha Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Toshkent shahrining birorta tumani tejash rejasini bajarmagani ta’kidlangandi.

Iyul oyida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 40 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.