17-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Sergeli tumani: “Qo‘shqorg‘on” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Yunusobod tumani: “Sobirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Qariyb ikki yarim oydan buyon poyaxtda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

16-avgust kuni Bektemir hamda Olmazor tumanlarining belgilangan mahallalarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha o‘chirilgandi.


Davaktiv agentligi 2022-yilni foyda va zarar bilan yakunlagan davlat kompaniyalari ro‘yxatini taqdim etgandi. Unda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar ro‘yxatida 4,3 trln so‘m zarar bilan yetakchilik qildi. Kompaniya bu bo‘yicha “jamoatchilikda noto‘g‘ri fikr shakllanmasligi” maqsadida izoh bergandi.