4-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Yunusobod tumani: “Sobirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 16:00gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Yangi Ayvon” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 16:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avgust oyi boshida prezident ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishda ayrim hududlarning elektr bo‘yicha tejash rejasini bajarmagani ta’kidlangandi.Bu hududlar qatorida Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Toshkent shahri bor.

O‘tgan yetti oyda hududlarda 160 mln kilovatt soat elektr va 290 mln kub metr gaz noqonuniy ishlatilib, tarmoq korxonalariga 355 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.