5-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Mirobod tumani: “Avloniy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 16:00gacha;
  • Olmazor tumani: “Xoncharbog‘”, “Namuna” va “Qorasaroy” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 08:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilgi yoz mavsumida poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq avgust oyida 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.