12-oktabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Bektemir tumani: “Musaffo” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Olmazor tumani: “Ahil”, “Moyariq”, “Eski shahar”, “Paxta” hamda “Yangi Toshkent” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 51,7 mlrd kVt/soatni tashkil etib, 5,7%ga o‘sdi.
Jumladan, 45,5 mlrd kVt/soat issiqlik elektr stansiyalari va markazlar hissasiga, 5,0 mlrd kVt/soat gidroelektr stansiyalarida va DXSh asosida qayta tiklanuvchi elektr energiya 1,2 mlrd kVt/soat to‘g‘ri keladi.
Avvalroq 12-oktabr kuni Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim ko‘chalariga bir kun davomida issiq suv yetkazib berish to‘xtatilishi ma’lum qilingandi.