Markaziy bankning 2023-yil 8-noyabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12280 (+10,08) so‘mni tashkil qilmoqda.
Narxlar 3-noyabrda belgilangan 12 240 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 40 so‘mga qimmatladi.
8-noyabr kuni aksariyat banklarda sotish kursi 12 340 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 12 230 so‘mdan 12 275 so‘mgacha belgilandi.
Dollar kursining 11 300 so‘mlik ko‘rsatkichdan o‘tishi 2022-yil 16-martda kuzatilib, valyuta kursi 11 380 so‘mni tashkil qilgandi.
10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 000 so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan. Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.
Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.
Shuningdek, bu eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi — fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.