Markaziy bankning 2024-yil 16-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12497 (+10,95) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 12-fevralda belgilangan 12460 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 37,01 so‘mga qimmatladi.

16-fevral kuni aksariyat banklarda sotish kursi 12560 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 12400 so‘mdan 12455 so‘mgacha belgilandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.