Markaziy bankning 13-sentabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12741,71 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 11-sentabr kuni belgilangan 12715 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 27 so‘mga qimmatladi.

13-sentabr kuni “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbak"da sotish kursi 12 805 so‘mni, “Ziraat Bank” “O‘zsanoatqurilishbank”, “Xalq banki” “Unibersalbank”, “Tengebank, “Garantbank"da sotish kursi 12800 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12790 so‘mdan 12730 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12730 so‘mdan 12690 so‘mgacha yetdi.


Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi avgust oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi. Unga ko‘ra, o‘zbek so‘mi yoz davomida birinchi marta dollarga nisbatan arzonlashdi. O‘tgan oylarda milliy valyuta 80,9 so‘m yo‘qotdi.

Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.

Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.

Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.