Markaziy bank 16-dekabrdan dollarning so‘mga nisbatan qiymatini 12 892,97 so‘m etib belgilagandi.

Amerika valyutasi 13-dekabr kuni belgilangan qiymatga nisbatan bir kunda 12 so‘m 97 tiyinga ko‘tarilib, yangi rekord darajani qayd etdi.

16-dekabr kuni aksariyat banklarda sotish kursi 12 895 so‘mdan 12 955 so‘mgacha yetdi.

Eng maqbul sotuv kursi uchta bank — “Asia Alliance Bank”, “Davr Bank” hamda “Kapitalbank” tomonidan taklif etilmoqda.

Yana 9ta bankda sotish kursi 12 900 so‘mni tashkil etadi. “Infinbank” hamda “KDB Bank Uzbekistan"da esa sotish narxi 12 955 so‘m etib belgilangan.

Shuningdek, banklarda xarid narxi 12 820 so‘mdan 12 840 so‘mgachani tashkil etmoqda. Eng arzon sotib olish kursi “Saderat bank” tomonidan taklif etilmoqda — 12 820 so‘m.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi noyabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi. O‘zbek so‘mi ketma-ket to‘rtinchi oy arzonlashmoqda. O‘tgan oyda milliy valyuta 90 so‘m, yil boshidan beri esa 4,26%ga qadrsizlandi.