E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 14-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 13 003,95 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 12-fevral kuni belgilangan 12 989,07 so‘m qiymatga nisbatan 14 so‘m 35 tiyinga qimmatladi.
14-fevral kuni sotish kursi “KDB Bank Uzbekistan”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Infinbank"da 13 070 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 13 010 so‘mdan 13 060 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 985 so‘mdan 12 930 so‘mgacha yetdi.
Dollar kursi 4-fevral kuni rekord darajani qayd etib, 13 000 so‘mga yaqinlashgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 13 so‘m 90 tiyinga ko‘tarilib 12 998,91 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sur’atining sekinlashishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar hamda keyingi yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar borasida suhbatlashgandi.
“Kap Depo"ning investitsion bankiri Muzaffar Roziqovning fikricha, 2024-yilda o‘zbek so‘mining 5%dan kam devalvatsiyasi avvalgi yillar fonida sezilarli o‘zgarish bo‘lib, unga nisbatan ijobiy o‘zgarish kuzatilmoqda.
“Avesta Investment Group” katta tahlilchisi Shodlik Nazarov eksport faolligining yuqori darajasi, Markaziy bank siyosati hamda import o‘sishi sur’atlarining sekinlashishi dollar kursini qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.
Roziqov 2025-yilda AQSh dollarining kursi 13 340 so‘mdan oshishini, Nazarov esa kurs 14 ming so‘mdan pastda qolishi mumkinligini prognoz qilmoqda.