Ramazon oyida xayriya — har bir musulmonning burchi. Click SuperApp’ning Inson Uchun platformasidagi yangi “Ramazon” bo‘limi bu jarayonni soddalashtiradi. Tizim zarur hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradi — agar foydalanuvchining mol-mulki nisobdan oshsa, uning 2,5 foizi zakot sifatida to‘lanadi, fitr uchun bir kishi hissasiga to‘g‘ri keladigan mahsulot qiymati hisoblanadi, fidya esa tutilmagan ro‘za kunlari soni va muhtoj kishining kunlik oziq-ovqat xarajati asosida belgilanadi. Foydalanuvchi xayriya qiluvchi shaxslar sonini kiritadi, tizim esa yakuniy summani avtomatik tarzda hisoblab beradi.

Keyingi bosqichda mablag‘ni kambag‘al oilalar reyestrida qayd etilgan muhtoj oilalarga yo‘naltirish mumkin. Foydalanuvchilar Click SuperApp’da oilani tanlash imkoniyatiga ega — barcha ma’lumotlar tasdiqlangan va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tekshirilgan.

“Ramazon — ezgulik va mehr-oqibat oyi. Yangi bo‘lim har bir kishiga xayriyani aniq bir oilaga yo‘naltirish va yordamning real ta’sirini ko‘rish imkoniyatini beradi”, — dedi Click jamoasi.

Xayriya qilish uchun quyidagi oddiy qadamlarni bajarish kifoya:

  • Click SuperApp’ni ochish;
  • Inson Uchun platformasiga o‘tish;
  • “Ramazon” bo‘limiga kirish;
  • Oilalar haqida ma’lumot bilan tanishib chiqish va xayriyani amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, ro‘za tutuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Click SuperApp’da saharlik va iftorlik vaqtlarini ko‘rsatuvchi maxsus vidjet joriy etildi. U ilovaning asosiy ekranida joylashtirilgan.

Inson Uchun xayriya platformasi o‘z samaradorligini isbotlagan. Loyiha ishga tushganidan buyon 7,2 milliard so‘m xayriya mablag‘i to‘plangan, og‘ir xastalikka chalingan 258 bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Reklama huquqlari asosida.