O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

31-oktabr kuni regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 005,09 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 20 so‘m 13 tiyinga tushdi.

29-oktabrdagi savdolarda kurs 11 990,53 so‘mgacha arzonladi. Bu 2023-yil 10-avgustdagi so‘mning keskin qadrsizlanishidan keyingi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Natijada, dollar bir oyda to‘rt marta ikki yil oldingi minimal qiymatlarni yangiladi: 6-oktabr kuni kurs 12 022 so‘mga, 21-oktabrda 12 011 so‘mga hamda 28-oktabr kuni 12 004 so‘mga tushdi.

Sentabr oyida Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov regulyator almashuv kursini shakllantirish siyosatini biroz o‘zgartirib, uning moslashuvchanligini oshirganini aytgandi. U bu bozor ishtirokchilarida kutilmalarning to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, yanvar-sentabr oylarida mamlakat ichki bozorida xorijiy valyutaga talab 23,5% ga oshib, $42,67 mlrd, taklif esa 24% ga oshib, $34,4 mlrdga yetdi. Aholi banklarga xaridga nisbatan $6,7 mlrddan ortiq valyuta sotdi.

Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov so‘m mustahkamlanishi tashqi qarzga xizmat qilish xarajatlarini qisqarganini maʼlum qilgandi: davlat tashqi qarzi bo‘yicha 1,3 trln so‘m, korporativ qarz bo‘yicha esa 3,6 trln so‘mlik mablag‘lar tejalgan.