Kecha, 17:19 Energetika

Samarqandda Xitoy ishtirokidagi chiqindi yoqish zavodi qurilishi boshlandi

Shanghai SUS Environment kompaiyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha qiymati $150 mlnni tashkil etib, kuniga 1500 tonna chiqindini qayta ishlash orqali yiliga 240 mln kVt/soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Kecha, 16:34 Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar Qatardagi mehmonxona sohasidagi ishlarga taklif etilmoqda

Nomzodlar o‘ndan ortiq yo‘nalishdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.
Kecha, 15:48 Iqtisodiyot

“To‘qimachilik klasterlarining fermerlar oldida qarzi juda katta” — Sherzod Kudbiyev

Soliq qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, klasterlarning qarzlari tufayli fermerlar soliq, ish haqi va kreditlarni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Kecha, 15:00 Iqtisodiyot

Bandlik vazirligi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha platformani ishga tushirdi

Osonish sayti orqali ham ish izlash, ham bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlarni bepul joylashtirish mumkin.
Kecha, 11:22 Qonunchilik

Bakalavr va magistratura uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi

2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga 35 500 ta, magistratura bosqichiga esa 9 922 ta grant ajratildi.
18 iyul 2025, 21:37 Iqtisodiyot

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat

Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 19 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
18 iyul 2025, 18:51 Biznes

Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

Banklar fermerlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun kreditlar beradi. Eksportchilar mahsulotlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olishlari kerak.
18 iyul 2025, 18:22 Ta'lim

Grantdagilar uchun talab qanday, xorijdagilar nima qiladi? — O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha muhim savollarga javoblar

15-iyuldan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi.
18 iyul 2025, 17:14 Foydali

Ibrat farzandlari asoschisi Rustam Qoriyev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Rustam Qoriyev o‘z tajribasiga tayanib, shaxsiy va professional o‘sishiga hissa qo‘shgan — loyiha yuritish, shaxsiy rivojlanish va fikrlash doirasini kengaytirishga yordam beradigan kitoblar ro‘yxatini Spot bilan bo‘lishdi.
18 iyul 2025, 16:36 Iqtisodiyot

“2000 ta holatda uy-joyning kvadrat metri 1 mln so‘mdan kam sotilgan” — Soliq qo‘mitasi raisi

Sherzod Kudbiyev Toshkent shahrida uy-joylarning minimal kvadrat metri qiymatini $500 etib belgilashni taklif qildi.
18 iyul 2025, 16:11 Moliya

Dollar kursi yana pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 80 so‘mga pasayib, 12 578,21 so‘mni tashkil etdi.
18 iyul 2025, 15:44 Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar turistik kruiz kemalariga ishga jalb qilinishi mumkin

Migratsiya agentligi Makedoniyaning Kouzon Corporation kompaniyasi bilan mehnat faoliyatini hamkorlikda tashkillashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladi.
18 iyul 2025, 15:16 Qiyofa

Rossiyada aloqa muhandislari yetishmayapti — ekspertlar

Ikki yil ichida ushbu xodimlarga bo‘lgan talab shaharlar kesimida 12%ga, sohadagi maosh esa 4−11%ga oshganiga qaramay, baribir mutaxassislar tanqisligi kuzatilmoqda.
18 iyul 2025, 15:09 Iqtisodiyot

Mo‘g‘ulistondan qo‘y va echki import qiluvchilarga 10% lik imtiyozli kreditlar ajratilib, ijaraga yer beriladi

O‘zbekistonga mamlakatdan 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish rejalashtirilmoqda. Ularning soni 2029-yilning oxirigacha 1 mlnga yetkaziladi.
18 iyul 2025, 14:09 Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini kelishib oldi

Ma’qullangan cheklovlar joriy etilsa, bu Rossiyaga nisbatan bugungi kundagi “eng qattiq” sanksiyalar paketlaridan biri bo‘ladi.
18 iyul 2025, 13:33 Iqtisodiyot

Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namangandagi Uchqo‘rg‘on chegara posti inspektori 57 dona telefonni ro‘yxatdan o‘tkazib berish hamda deklaratsiyasiz olib kirilgan kiyimlarga nisbatan chora qo‘llamaslik evaziga jami $6000 dan pul ortiq talab qilgan.
18 iyul 2025, 13:21 Biznes

Apple insayder Jon Prosserni sudga berdi

Qayd etilishicha, kompaniya Prosserini tijorat sirini o‘zlashtirishda ayblamoqda.
18 iyul 2025, 13:01 Biznes

Eskrou-hisobi uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkin — Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi

Developerlarning aylanma mablag‘lari yetishmasligi sababli, uy-joy bozorida talab yuqori bo‘lishiga qaramay, taklif kamayishi mumkin.
18 iyul 2025, 11:10 Iqtisodiyot

Iyun oyida ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar biroz oshdi — ITIM

Ijobiy o‘sish sur’atlari Surxondaryo, Xorazm va Namangan viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan.
18 iyul 2025, 10:55 Transport

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha TIA ishlab chiqish shartnomasi imzoladi

Qayd etilishicha, bo‘lajak temir yo‘l liniyasi Termiz-Naybobod-Maydanshahr-Logar-Xarlachi yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi.
18 iyul 2025, 10:32 Texnologiyalar

ChatGPT Agent aqlli yordamchisi taqdim etildi

Aqlli yordamchi ilovalarni ishga tushirishi, ma’lumotlarni qidirishi, fayllarni qayta ishlashi, kod yozishi, jadvallarni tahlil qilishi va hatto onlayn buyurtmalarni rasmiylashtirishi mumkin.
17 iyul 2025, 23:27 Biznes

O‘tgan yil boshida o‘zbekistonliklar xarajatlari oshishi ortidan xaridlarni kamaytirgan — Korzinka

Kommunal xizmatlar tariflarining o‘sishi va dori-darmonlarga QQSning joriy etilishi chakana savdo tarmog‘ini kengaytirish rejalarini qisqartirishga majbur qildi.
17 iyul 2025, 23:07 Iqtisodiyot

Toshkentning bosh rejasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar tez orada e’lon qilinadi — Murod Nazarov

Avvalroq Qurilish vazirligi 2045-yilgacha bo‘lgan poytaxt bosh rejasida binolarning ruxsat etilgan qavatlar soniga tuzatishlar kiritilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
17 iyul 2025, 22:21 Biznes

“Shundog‘am kesilyapti” — Murod Nazarov daraxtlar kesilishiga qo‘yilgan moratoriyni olib tashlashni taklif qildi

Developer daraxtlar bankini yaratishga chaqirdi. Bu orqali kelgusida kesilishi mumkin bo‘lgan daraxtlar hisobiga oldindan daraxt ekilib, ular keyinchalik hokimlik balansiga o‘tkaziladi.
17 iyul 2025, 19:23 Iqtisodiyot

Olti oyda aholi banklarga qancha valyuta sotgani ma’lum bo‘ldi

Yanvar-iyun oylarida fuqarolar banklarga $9,1 mlrd miqdorida chet el valyutasini sotib, ulardan $5,4 mlrd xarid qilgan.
17 iyul 2025, 18:44 Iqtisodiyot

Yarim yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27%ga oshib, $8,2 mlrdga yetdi

Transchegaraviy o‘tkazmalarning 78%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, AQSh, Buyuk Britaniya hamda Yevropa mamlakatlaridan jo‘natmalar hajmi oshgan.
17 iyul 2025, 18:09 Energetika

Qashqadaryoda 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

Xususan, Kasbi tumanidagi fermer xo‘jaligi suv chiqarish nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.
17 iyul 2025, 18:03 Biznes

Humo O‘zbekistonda davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan tokenni ishga tushirdi

OAVning yozishicha, vosita Rossiya kompaniyalari bilan savdoni osonlashtirish uchun ishga tushirilgan. Biroq, Humo bunday ma’lumotlarni rad etdi.
17 iyul 2025, 17:55 Qiyofa

AQShda Coca-Cola retsepti Trampning talabi bilan o‘zgaradi

Qayd etilishicha, kompaniya ichimlik ishlab chiqarish jarayonida makkajo‘xori siropini qamish shakariga almashtirishga rozi bo‘lgan.
17 iyul 2025, 17:25 Biznes

Biznes xususiy oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limga ruxsat berishni so‘ramoqda

Tadbirkor Umid Ishmuhammedovning qayd etishicha, masofaviy ta’limning mavjud emasligi nodavlat ta’lim tashkilotlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
17 iyul 2025, 16:57 Biznes

Davlat va xususiy oliygohlar uchun bir xil standartlarni belgilash taklif qilinmoqda

Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi Nuriymon Abulhasan xususiy oliygohlarni ustav kapitali bilan emas, balki sifati bilan baholash kerakligini ta’kidladi. Ularga qo‘yilayotgan talablarni qayta ko‘rib chiqish kerak.
17 iyul 2025, 16:31 Texnologiyalar

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda pomidor yetishtirish geografiyasi va texnologiyalarini o‘zgartirmoqda

Bunga javoban, o‘zbekistonlik pomidor yetishtiruvchilar yozda yangi bozorlar uchun yopiq tuproq va tog‘oldi texnologiyalarini tanlab moslashmoqda.
17 iyul 2025, 16:02 Moliya

Dollar kursi 100 so‘mga pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 100 so‘m 17 tiyinga pasayib, 12 658,19 so‘mni tashkil etdi.
17 iyul 2025, 13:38 Qiyofa

Microsoft 200 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi

Ishdan bo‘shatilgan xodimlar o‘rniga ularning o‘zlari ishtirok etgan holda ishlab chiqilgan sun’iy intellektdan foydalaniladi.
17 iyul 2025, 13:26 Qonunchilik

Avtomobillarni jarima maydonchasidan olib chiqishda elektron ruxsatnoma berilishi mumkin

Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal hamda YHXX mobil ilovasi orqali xizmatdan foydalanish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.
17 iyul 2025, 12:28 Texnologiyalar

ChatGPTda tasvirlarni yaratish uchun uslublar funksiyasi paydo bo‘ldi

Funksiya kerakli uslubda tasvirlar yaratish imkonini beradi va barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etildi.
17 iyul 2025, 11:18 Biznes

Raqobat qo‘mitasi 31 ta korxonani ustun muzokara kuchiga ega deb topdi

Bular qatorida OKMK, Neftgaztadqiqot hamda Navoiy temir yo‘l transporti korxonasi bor.
17 iyul 2025, 11:01 Texnologiyalar

AQShda patent nizolari sababli iPhone sotuvi taqiqlanishi mumkin

Bunga Applega asosiy displey yetkazib beruvchi Xitoyning BOE kompaniyasi ishlab chiqarishda Samsung’ning tijorat sirlaridan noqonuniy foydalangani sabab bo‘lgan.
17 iyul 2025, 10:09 Texnologiyalar

Telegramda yoshni yuz orqali tekshirish funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin

Funksiya orqali Telegram kelakajda ayrim xizmatlar uchun yosh chegarasini joriy etishi mumkin bo‘lib, fotosuratdan foydalanib tekshiruvdan o‘tib bo‘lmaydi.
17 iyul 2025, 09:00

Turonbank ATBda transformatsiya jarayoni: kadrlar o‘zgarishi, yangi madaniyat va raqamlashtirish

Innovatsiyalarni joriy etish, boshqaruvni takomillashtirish yo‘nalishida Turonbank tomonidan olib borilayotgan islohatlar yuzasidan bank vakillaridan olingan intervyuda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting