O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev «Doyche Velle» Germaniya davlat xalqaro teleradiokompaniyasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim loyihalari menejeri Lidiya Ranert hamda belaruslik trener Viktor Rudnikni qabul qildi. Bu xususida matbuot rasmiy saytida xabar beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi («Doyche Velle"ning moliyaviy manbasi) O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish uchun 30 ming yevro mablag‘ yo‘naltiradi.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Tangriyev Agentlik faoliyati, uning tizimidagi korxona va muassasalar, ommaviy axborot vositalari, bugungi milliy media muhit haqida atroflicha ma’lumot berdi.
«Doyche Velle» (Deutsche Welle -«Nemetskaya volna») xalqaro teleradiokompaniyasida uch ming nafarga yaqin kishi ishlaydi. Dunyoning 60 davlatida uning xodimlari bor.