Kecha, 19:03 Energetika

Toshkentda gaz bosimi pasaydi, ta’minot yaqin 2−3 soatda me’yorga keltiriladi

Energetika vazirligi bosimni tiklash choralari ko‘rilgani va gaz taqsimlash tarmoqlarida bosim bosqichma-bosqich ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Kecha, 16:49 Iqtisodiyot

Tashmachilik va IMEI sxemalari: nega O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmat?

Bojxona qo‘mitasi vakili Farhod Olimjonov telefonlarni noqonuniy olib kirish va IMEI-kodlarni qalbakilashtirish iPhone narxlarining pasayishiga to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi.
Kecha, 14:25 Iqtisodiyot

“So‘mga ishonchni oshirish orqali dollarizatsiyani kamaytiramiz” — Timur Ishmetov

Markaziy bank raisi aholi depozitlari va kreditlarini milliy valyutaga o‘tkazish orqali dollarlashuv darajasi va valyuta xatarlarini kamaytirish ko‘zda tutilganini bildirdi.
Kecha, 12:37 Qonunchilik

Dorilarni retseptsiz beriladigan toifaga kiritish tartibi yangilandi

Endi dori vositalarini retseptsiz beriladigan toifaga kiritishda ularni shifokor nazoratisiz xavfsiz qo‘llash imkoniyati, noto‘g‘ri foydalanish xavfi va boshqa mezonlar baholanadi.
Kecha, 12:21 Energetika

Qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkazib beriladi — hukumat qarori

1-oktabrdan 2027-yil 31-martgacha gaz resurslari birinchi navbatda uylar, maktablar, bog‘chalar va shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Havo harorati keskin pasayganda boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Kecha, 09:00 Biznes

FAW maxsus texnikalari biznes uchun keng imkoniyatlar va ishonchli investitsiyalar taklif qiladi

BEZON — FAW’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri — qurilish, kommunal xizmatlar, yo‘l xo‘jaligi va sanoat sohalari uchun maxsus texnikalarni 30% boshlang‘ich to‘lov hamda 12 oydan 60 oygacha muddatli to‘lov asosida xarid qilishni taklif etadi.
Kecha, 01:08 Iqtisodiyot

“Har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilishi kerak”: Saida Mirziyoyeva — budjet xarajatlari haqida

Prezident Administratsiyasi rahbari kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari ustidan raqamli nazorat va ochiqlik kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Kecha, 00:27 Iqtisodiyot

O‘zbekiston 2027-yilda $65 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

Yangi sanoat siyosati doirasida kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa istiqbolli tarmoqlarga yirik investorlar jalb qilinadi.
Kecha, 00:10 Iqtisodiyot

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2027-yilda 7% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda

Kelgusi yilda YIMni $232 mlrdga yetkazish, oltinsiz eksportni qariyb $40 mlrdga oshirish rejalashtirilgan. Davlat budjeti xarajatlari esa 464 trln so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
13 noyabr 2026, 19:19 Moliya

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat

Jami 24 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
13 noyabr 2026, 19:00 Ta'lim

Tasnif kreativ agentligi asoschisi Lazizbek Hamidov tavsiya qilgan 5 ta kitob

Lazizbek Hamidov ishdagi muammolarni hal qilishda yordam bergan beshta kitobni tavsiya qilib, ushbu asarlar kompaniyani boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va qaror qabul qilishga yondashuvini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.
13 noyabr 2026, 18:59 Iqtisodiyot

ILMA O‘zbekistonda savdo qilish mumkin bo‘lgan xorijiy qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini tuzadi

Muomaladagi aktivlar hajmi agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
13 noyabr 2026, 18:55 Biznes

Xalqaro arbitraj turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga qarshi da’volarini rad etdi

Nizo oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘liq bo‘lgan. Investitsiyaviy arbitraj ishi 2021-yilda boshlanib, qariyb besh yil davom etdi.
13 noyabr 2026, 18:38 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 40,93 so‘mga oshib, 12 014,37 so‘mni tashkil etdi.
13 noyabr 2026, 17:25 Iqtisodiyot

Malakali investor maqomini kimlar va qanday olishi mumkin?

Jismoniy shaxslar fond bozori bo‘yicha test topshiradi, ayrim mijozlar esa bundan ozod etilishi mumkin.
13 noyabr 2026, 17:00 Biznes

AI infratuzilma sohasida yil yakunlari: Servercore “IT palov” nomli flagman tadbir o‘tkazadi

24-noyabr kuni Toshkentda Servercore AI infratuzilma sohasida yil yakunlariga bag‘ishlangan flagman IT tadbirini o‘tkazadi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo biznesida SIni joriy etish, bulutli GPU’larning yangi turlari, infratuzilma barqarorligi va ovozli AI’dan amaliyotda foydalanish masalalarini muhokama qiladi.
13 noyabr 2026, 16:43 Biznes

Afg‘oniston O‘zbekiston bozoriga kartoshka yetkazib berishni boshladi

Kartoshka yetishtirish bo‘yicha pilot loyiha Bomiyon viloyatidagi 17 gektar maydonni qamrab oldi va har gektardan 45 tonnagacha hosil olish imkonini berdi.
13 noyabr 2026, 16:11 Iqtisodiyot

Endi O‘zbekistonda xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan faqat malakali investorlar savdo qila oladi

Muomalaga yirik xorijiy maydonchalar aktivlari asosidagi vositalar kiritilishiga ruxsat beriladi.
13 noyabr 2026, 15:25 Iqtisodiyot

Statistika qo‘mitasi narxlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

Platformada eng ko‘p qimmatlashgan va arzonlashgan mahsulotlar hamda hududlar o‘rtasidagi narx farqi ko‘rsatiladi.
13 noyabr 2026, 15:18 Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar Shvetsiyada qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida ishlashi mumkin

Stokgolm forumida o‘zbekistonliklarni Shvetsiyada qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, qurilish va muhandislik sohalariga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting