Kecha, 22:48 Biznes
Farg‘onada tadbirkorga hisoblangan 3,2 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi bekor qilindi
Tadbirkor faoliyatini noqonuniy qayta tekshirgan mansabdorga 17,6 mln jarima qo‘llanildi.
Kecha, 21:00 Biznes
Mercure Xiva shahrida yangi mehmonxona ochdi
Xivada 145 xonali Mercure Khiva mehmonxonasi faoliyatini boshladi. Kaz Development Invest Group tomonidan amalga oshirilgan, qiymati qariyb 26 mln dollar bo‘lgan loyiha Xorazmning turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Kecha, 16:39 Biznes
Ilon Mask SpaceX va Tesla aksiyalari o‘sishi fonida yana dunyodagi yagona trillionerga aylandi
6-oktabr holatiga Mask aktivlarining umumiy qiymati $1,04 trln ga yetdi. Bu bir kunda 6,7% ga, o‘tgan yilga nisbatan esa 32,4% ga oshgan.
Kecha, 14:41 Biznes
Biznesni AQSh bozoriga olib chiqish bo‘yicha uchrashuv
Ishtirokchilarga AQShda biznesni yo‘lga qo‘yish, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda kompaniyalarni Amerika bozorida kengaytirish haqida so‘zlab beriladi.
Kecha, 14:33 Biznes
Women in Tech Leadership Forum 2026
Ishtirokchilar sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda texnologiya sohasida xotin-qizlarning tutgan o‘rnini muhokama qiladilar.
Kecha, 13:00 Biznes
IE global biznes maktabi ABB banki transformatsiyasi tajribasini o‘quv keysiga aylantirdi
IE Business School talabalariga ABB transformatsiyasining yo‘lini, jumladan, Agile’ni joriy etish, raqamli kanallarni rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish sohasidagi kelgusi rejalarini tahlil qilish taklif etiladi.
Kecha, 11:23 Biznes
Elektron tijorat bo‘yicha shikoyatlarning yarmi Uzum bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi
Qo‘mita sohadagi muammolarni tizimli hal qilish, jumladan, identifikatsiya qilish, pulni qaytarish va nizolarni hal qilish ustida ishlamoqda.
5 oktabr 2026, 20:00 Biznes
O‘zbekistonda arxitektura akademiyasini ochish qanchaga tushadi va u qanchalik daromadli?
Arcus akademiyasi asoschisi Madina Qo‘chqorova Spot’ga arxitekturaga kirib kelishi, biznesni yo‘lga qo‘yish tajribasi, yo‘l qo‘ygan xatolari va O‘zbekistondagi soha muammolari haqida so‘zlab berdi.
5 oktabr 2026, 17:00 Biznes
Birinchi “hovuz”dan IT-multiolamgacha: School 21 Toshkent kampusi 2 yoshga to‘ldi
Bugun School 21 3000 dan ortiq ishtirokchi, 15 ta raqamli yo‘nalish va 130 dan ortiq hamkorni birlashtiradi. Kampusning ikkinchi tug‘ilgan kuni munosabati bilan 100 dan ortiq bitiruvchiga diplom topshirildi.
5 oktabr 2026, 16:34 Biznes
O‘zbekistondagi sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishidagi startaplar uchun tanlov e’lon qilindi
Dastur doirasida 20 ta loyiha mentorlik, biznesni rivojlantirish, investitsiyaga tayyorgarlik va xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlanadi.
5 oktabr 2026, 11:00 Biznes
Tashwell: sotuvlarning ikkinchi bosqichi boshlandi — 5 mln so‘mdan boshlanadigan 48 oygacha muddatli to‘lov
A1 va B1 bloklaridagi barcha xonadonlar allaqachon sotilgan — endi Yakkasaroy tumanidagi, 1000 kv. m maydonga ega o‘zining Wellness Center’i bo‘lgan loyihada B2 bloki sotuvga chiqarildi.
5 oktabr 2026, 10:28 Biznes
Dorixonalarda ayrim dorilar 6 baravargacha qimmat sotilgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi qonunbuzarliklar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, litsenziya talablarini qayta ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga murojaat yubordi.
5 oktabr 2026, 09:02 Biznes
Aquatherm Tashkent 2026 xalqaro muhandislik uskunalari ko‘rgazmasi
Ishtirokchilar isitish, shamollatish, havoni tozalash va sovutish, suv ta’minoti hamda qayta tiklanuvchi energetika sohalari uchun zamonaviy yechimlarni taqdim etadi.
5 oktabr 2026, 08:56 Biznes
AI ta’limga bag‘ishlangan biznes-nonushta
Sensorika asoschisi Norbek Arziyev AI ta’limini rivojlantirish va sun’iy intellektni amaliyotda qo‘llash haqida so‘zlab beradi.
3 oktabr 2026, 18:02 Biznes
UzPost Wildberries’dan qarz olishni shartlar aniqlashgach qayta ko‘rib chiqishi mumkin — Davaktiv
Agentlikning ma’lum qilishicha, moliyaviy ahvoli murakkab bo‘lgan pochta operatoriga modernizatsiya uchun 300 mlrd so‘m kerak.
2 oktabr 2026, 19:25 Biznes
UzPost modernizatsiyasi va elektron tijorat rivoji: Wildberries — kuzatuv kengashiga kirishi haqida
UzPost moddiy-texnik bazani yangilash, pochta aloqasini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 100 mlrd so‘m jalb qilmoqchi edi.
2 oktabr 2026, 17:00 Biznes
O‘zbekistonlik biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchisi XOS Corporation Wildberries’da MDH mamlakatlaridagi xaridorgacha bo‘lgan yo‘lini qanday qurmoqda?
XOS Corporation strategiya bo‘limi rahbari Diyas Mutalov biologik faol qo‘shimchalarni sotish nega qiyinligi va Wildberries kompaniyaga MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishda qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab berdi.
2 oktabr 2026, 13:00 Biznes
Nima uchun marketpleysdagi reklama ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda samaraliroq ishlaydi?
Uzum E-com'ning reklama monetizatsiyasi bo‘yicha direktori Shamil Valishev nima uchun marketpleyslardagi reklama xarid qilishga tayyor auditoriya bilan aniqroq ishlashi va retail media odatiy digital-kanallardan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirib berdi.
1 oktabr 2026, 13:40 Biznes
Tadbirkorlar soniga nisbatan eng ko‘p tekshiruv Namangan shahrida o‘tkazilgan — Biznes ombudsman
Viloyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Yangi Namangan tumanida qayd etilib, 2 872 ta tadbirkorga 35 ta tekshiruv to‘g‘ri kelgan.
1 oktabr 2026, 11:00 Biznes
UZINFOCOM stendida MyID kaft va yuz orqali to‘lovni ICT Week 2026 doirasida namoyish etdi
Ko‘rgazmaning to‘rt kuni davomida 1,2 mingdan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tib, Bellissimo Pizza’dagi buyurtmalari uchun to‘lovni MyID PalmPay va MyID FacePay orqali karta, naqd pul va smartfonsiz amalga oshirdi.