145 xonali yangi mehmonxona O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘lidagi eng qadrli tarixiy maskanlaridan birida mehmonlarni Mercure brendiga xos, mahalliy an’analardan ilhomlangan mehmondo‘stlik bilan kutib oladi.
Samimiy va mahalliy madaniyatdan ilhomlangan mehmondo‘stligi bilan tanilgan Accor brendi Mercure Hotels & Resorts bugun Mercure Khiva mehmonxonasi ochilganini e’lon qildi. Ichan Qal’aning tarixiy devorlari yonida joylashgan 145 xonali mehmonxona O‘zbekistonning eng qadrli madaniy maskanlaridan biri bo‘lgan Xiva shahri va butun Xorazm viloyatida xalqaro brend ostida faoliyat yurituvchi ilk mehmonxonadir.
Mercure 1973-yilda tashkil etilganidan buyon mehmonlarni shunchaki tunashga emas, balki o‘zlarini shu joyning bir qismi sifatida his etishga chorlab keladi. Mahalliy hayotni kashf etishga asoslangan va atrof-muhit ruhini o‘zida aks ettirgan brend insonlarni madaniyat, mahalliy hamjamiyat va joy bilan bog‘laydigan taassurotlar yaratadi. 65 dan ortiq mamlakatda 1000 dan ziyod mehmonxonaga ega Mercure butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritsa-da, mahalliy o‘zlikni o‘z mohiyatida saqlaydi. Brendning har bir mehmonxonasi dizayn, gastronomiya, urf-odatlar va insonlar o‘rtasidagi muloqot orqali o‘zi joylashgan maskanning o‘ziga xosligini aks ettiradi.
Mercure Khiva Accor’ning O‘zbekistonda kengayib borayotgan, sakkizta mehmonxonadan iborat portfeliga qo‘shildi. Bu guruhning mamlakatdagi uzoq muddatli faoliyatga hamda mintaqadagi asosiy ishbilarmonlik va dam olish turizmi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga sodiqligini mustahkamlaydi. Birgina 2025-yilda O‘zbekiston 11,7 mln xorijiy sayyohni qabul qildi. Bu mamlakatning sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi jozibadorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Accor’ning Gruziya va MDH mamlakatlaridagi operatsion faoliyat bo‘yicha vitse-prezidenti Aron Libinson shunday dedi:
“Mercure Khiva Xiva shahri va butun Xorazm hududining o‘ziga xos ruhini aks ettiradi hamda mehmonlar butun dunyo bo‘ylab Mercure`dan kutadigan yuqori sifat standartlarini ta’minlaydi. O‘zbekistondagi sakkizinchi mehmonxonamiz sifatida ushbu yangi mehmonxona mamlakatdagi ishtirokimizni ham, Xivaning dunyo sayyohlari bilan aloqasini ham mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir”.
Mercure Khiva mehmonxonasi Kaz Development Invest Group kompaniyasiga tegishli. Kompaniya Xorazm mintaqasida turizm infratuzilmasini izchil rivojlantirish doirasida mehmonxonani barpo etishga sarmoya kiritgan. Taxminan 26 mln dollar miqdorida sarmoya kiritilgan Kaz Development Invest Group loyihasi doirasida qariyb 200 ta ish o‘rni yaratildi. Loyiha Xorazm mintaqasida turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.
Buyuk ipak yo‘lining boy merosi, o‘ziga xos me’morchiligi va bugun ham davom etayotgan an’analari bilan tanilgan Xiva O‘zbekistonning eng jozibador madaniy turizm maskanlaridan biridir. Shaharda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichan Qal’a joylashgan. Xiva madaniy meros, hunarmandchilik va haqiqiy mahalliy hayot bilan tanishishni istagan sayyohlarni jalb etishda davom etmoqda.
Mercure Khiva zamonaviy mehmondo‘stlikni shaharning ko‘p qatlamli tarixiy va madaniy o‘zligini aks ettiruvchi nozik detallar bilan uyg‘unlashtiradi. Bu uyg‘unlik mehmonxonaning barcha intererlarida namoyon bo‘ladi. Har bir Mercure mehmonxonasi o‘zi joylashgan muhit ta’sirida shakllanadi, mahalliy hikoyalardan ilhom oladi va mehmonlarga shu joyning asl ruhini kashf etishga yordam berish uchun yaratiladi. Mercure Khiva’da bu yondashuv mahalliy madaniyatdan ilhomlangan dizayn va mehmonlar kelgan zahotiyoq o‘zlarini shahar bilan bog‘liq his qilishlariga undaydigan samimiy muhit orqali namoyon bo‘ladi.
Xorrotlar ko‘chasi 81-uyda, Ichan Qal’aning mashhur devorlari yonida joylashgan Mercure Khiva yangi joylarni kashf etish imkoniyati va qulaylikni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtiradi. Mehmonlar ko‘p asrlik me’moriy obidalar orasida sayr qilib, mahalliy hikoyalar va jonli an’analar bilan tanishishlari, so‘ng Xorazm ruhidan ilhomlangan osoyishta maskanga qaytishlari mumkin. Urganch xalqaro aeroporti va temiryo‘l vokzalidan mehmonxonaga yetib kelish qulay bo‘lib, bu uni Xiva bilan tanishishni boshlash uchun ideal maskanga aylantiradi.
Mehmonxonaning gastronomik takliflari Mercure’ning mehmondo‘stlikka yondashuvini aks ettirib, mahalliy o‘ziga xoslikni dunyoning turli oshxonalariga xos jihatlar bilan uyg‘unlashtiradi. Mehmonxonaning asosiy restorani Pakhlavon Plov O‘zbekiston va Xorazm mintaqasining pazandachilik an’analarini namoyon etadi. Unda palovning mahalliy turlari bilan birga barak, shivit oshi kabi mintaqaviy taomlar va an’anaviy tandirda pishirilgan taomlar tortiladi. Dishan Qal’a mahalliy va xalqaro oshxonalarning sevimli taomlarini taklif etadi. Mehmonxona barlari va kafesi esa kun davomida mahalliy an’analardan ilhomlangan ta’mlarni kashf etish uchun samimiy muhit yaratadi. Mehmonlar The Terrace’da ochiq havoda, osoyishta muhitda ovqatlanishlari ham mumkin.
Mehmonxonada sog‘lomlashtirish va dam olish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan: suzish havzasi, an’anaviy sauna, hammom va spa muolajalari mavjud. Mercure Khiva uchta uchrashuv va konferensiya zali, turli tadbirlarga moslashtiriladigan maydonlar, individual xizmat hamda ehtiyojga mos keytering variantlarini ham taklif etadi. Qo‘shimcha xizmatlar qatoriga bepul Wi-Fi, xonaga kecha-yu kunduz xizmat ko‘rsatish, kir yuvish va kimyoviy tozalash, avtoturargoh hamda aeroport transferi kiradi.
Mehmonlar Accor’ning mukofotlarga sazovor bo‘lgan turmush tarziga yo‘naltirilgan sodiqlik dasturi va bron qilish platformasi ALL Accor imkoniyatlaridan ham foydalanishlari mumkin. Dastur a’zolari mehmonxonada qolish davomida ball to‘playdilar va ularni butun dunyo bo‘ylab mukofotlar, xizmatlar hamda taassurotlar evaziga ishlatishlari mumkin.
Mercure haqida
Mercure 1973-yilda tashkil etilganidan buyon mahalliy hayotni kashf etishga ishtiyoq bilan yondashib, dizayn, gastronomiya va mahalliy madaniyat bilan tanishish imkoniyatlari orqali o‘zi joylashgan hudud bilan chambarchas bog‘liq mehmonxonalar yaratib kelmoqda. Bugun Mercure ushbu falsafani Local Shared with Care tamoyiliga sodiqligi orqali amalga oshirmoqda. Bu mahalliy hayotga xos taassurotlarni ulashish, shu bilan birga mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniy merosni asrash hamda mahsulotlarni mas’uliyat bilan tanlash va xarid qilish va’dasidir. Global miqyosda kuchli va mahalliy muhitga mos brend sifatida faoliyat yuritishi Mercure`ga o‘zligini saqlagan holda dunyo bo‘ylab kengayish imkonini berdi. Bugun Mercure tarmog‘iga 65 dan ortiq mamlakatdagi 1000 dan ziyod mehmonxona, jumladan, Mercure Living mehmonxonalari kiradi. Ular shahar markazlarida, sohillarda, qishloq hududlarida va tog‘larda joylashgan. Mercure 110 dan ortiq mamlakatda 5800 dan ziyod mehmonxona va boshqa joylashtirish obyektlariga ega bo‘lgan, mehmondo‘stlik sohasida dunyoning yetakchi guruhlaridan biri Accor tarkibiga kiradi. Shuningdek, Mercure turli mukofotlarni olish, xizmatlardan foydalanish va yangi taassurotlar orttirish imkonini beruvchi ALL Accor bron qilish platformasi va sodiqlik dasturida ishtirok etuvchi brenddir.
Reklama huquqlari asosida.





